12 860.090 so‘m

decrease

-5.570

13 515.950 so‘m

increase

5.720

123.640 so‘m

decrease

-1.500

12 860.090 so‘m

decrease

-5.570

08-oktabr, 11:56
Yangiliklar

Kredit tashkilotlari tomonidan onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda

Markaziy bank xabariga koʻra, oʻtgan davri mobaynida firibgarlik yoʻli bilan fuqarolar nomiga onlayn kredit ajratish orqali 463 ta holatda qariyb 15 mlrd soʻm miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.

Kredit tashkilotlari tomonidan onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda

Markaziy bank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga onlayn kredit ajratish jarayonida bank kartalari bilan bogʻliq shubhali frod operatsiyalarining oldini olishga qaratilgan vaqtinchalik tartibni joriy qilmoqda.

Unga koʻra, endilikda fuqarolar kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish boʻyicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan oʻtishi talab etiladi.

Ushbu talabning oʻrnatilishi kredit olish boʻyicha ariza fuqaroning shaxsan oʻzi tomonidan berilganligini aniqlash va uning shaxsiga yana bir bor oydinlik kiritish imkonini beradi.

Vaqtinchalik tartibga koʻra, kredit tashkilotlari fuqaro kredit olish uchun ariza yuborganidan keyin uning kredit byurolari maʼlumotlar bazasidagi kredit tarixini 2 bosqichda (ariza tushgandan soʻng hamda kredit mablagʻlari ajratilishidan oldin) tekshirishdan (skoring) oʻtkazadi. Tekshiruv natijasida mijozning salbiy kredit tarixi yoki qarz yuki keskin oshgani aniqlansa, qisqa davr ichida bir nechta kredit rasmiylashtirilgan va qarz yuki keskin oshgan boʻlsa, kredit ajratish rad etilishi yoki boshqa summada ajratilishi toʻgʻrisida xabar beriladi.

Mazkur tartib 2024 yilning 1 noyabridan 2025 yilning 1 apreliga qadar amal qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2024 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+