12 091.220 so‘m

increase

9.590

13 844.450 so‘m

increase

7.360

149.160 so‘m

decrease

-1.280

12 091.220 so‘m

increase

9.590

13 soat avval
Bank
33

Koʻchmas mulk va avtomobil savdosida eskrou hisobvaragʻi orqali toʻlov qilish tartibi joriy etiladi

1 apreldan Oʻzbekistonda uy-joy va 10 yilgacha boʻlgan avtomobillar oldi-sotdisida naqd puldan foydalanish taqiqlanadi.

Barcha hisob-kitoblar xaridor tomonidan bankka ariza berish orqali amalga oshirilib, kelishilgan mablagʻlar eskrou hisobvaragʻiga kiritiladi. 

Banklar bu haqda notariuslarga elektron maʼlumot yuboradi va notarius shartnomani tasdiqlashdan oldin ushbu mablagʻlar mavjudligini tizim orqali tekshiradi.

Koʻchmas mulk va avtomobil savdosida eskrou hisobvaragʻi orqali toʻlov qilish tartibi joriy etiladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Adliya vazirligi “Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. 

1 apreldan boshlab Oʻzbekistonda uy-joy va ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan avtomobillar sotish va sotib olishda naqd puldan foydalanib boʻlmaydi

Bunday oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar oʻrtasidagi hisob-kitoblar notarius va banklar oʻrtasidagi elektron maʼlumot almashuvi orqali tekshiriladi.

Yangi tartibga koʻra, notariuslar koʻchmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalarini banklar tomonidan taqdim etilgan elektron maʼlumotlar asosida notarial tartibda tasdiqlaydi. Bu esa hisob-kitoblarning amalga oshirilganini avtomatik ravishda aniqlash imkonini beradi.

Nizomga muvofiq, hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Xaridor yoki uning vakili bankka yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi;
  • Shartnoma boʻyicha kelishilgan pul mablagʻlari bank tomonidan naqd yoki naqdsiz shaklda eskrou hisobvaragʻiga kirim qilinadi;
  • Agar shartnoma toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilsa, eskrou hisobvaragʻiga taraflar kelishgan boshlangʻich mablagʻ kiritiladi;
  • Shartnoma toʻliq yoki qisman kredit hisobidan amalga oshirilganda, bu haqda kredit ajratayotgan bank notariusga elektron maʼlumot yuboradi;
  • Xaridor yoki uning vakilining bank kartasi, talab qilib olinguncha hisobvaragʻi yoki elektron hamyoni eskrou hisobvaragʻi sifatida qoʻllanilishi mumkin;
  • Taraflar shartnomani rasmiylashtirish uchun notariusga murojaat qiladi;
  • Notarius eskrou hisobvaragʻida mablagʻlar mavjudligini elektron tarzda tekshirib, shartnomani tasdiqlaydi.

Shundan soʻng eskrou hisobvaragʻidagi mablagʻlar sotuvchi yoki uning vakili hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Ularning soʻroviga koʻra mablagʻlar naqd shaklda ham taqdim etilishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+