11 965.510 so‘m

decrease

-46.790

13 437.270 so‘m

decrease

-29.720

145.960 so‘m

increase

0.630

11 965.510 so‘m

decrease

-46.790

26-avgust, 11:18
Iqtisodiyot
429

“Kapital Sugʻurta” litsenziyasi 10 kunga toʻxtatildi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Kapital Sugʻurta” AJning sugʻurta faoliyati boʻyicha litsenziyasini 26 avgustdan boshlab 10 kunga toʻxtatdi.

Shu davrda kompaniya yangi sugʻurta va qayta sugʻurta shartnomalarini tuza olmaydi, ammo avvalgi shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarishda davom etadi.

Agentlik litsenziyaning toʻxtatilishiga sabab boʻlgan aniq qoidabuzarlikni ochiqlamagan.

“Kapital Sugʻurta” litsenziyasi 10 kunga toʻxtatildi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Kapital Sugʻurta” AJning sugʻurta faoliyati boʻyicha litsenziyasini 26 avgustdan boshlab 10 kun muddatga toʻxtatdi. 

Shu davrda kompaniya yangi sugʻurta va qayta sugʻurta shartnomalarini tuza olmaydi hamda amaldagi shartnomalarni uzaytira olmaydi. Agentlik litsenziya nega toʻxtatilganiga oid aniq qoidabuzarlikni ochiqlamagan.

NAPP maʼlumotiga koʻra, gap kompaniyaga 2022 yil 22 noyabrda berilgan 049696-sonli litsenziya haqida ketmoqda. Litsenziya “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlar asosida vaqtincha toʻxtatilgan.

Cheklov faqat yangi shartnomalar va mavjud polislarni uzaytirishga taalluqli. “Kapital Sugʻurta” ilgari tuzilgan sugʻurta va qayta sugʻurta shartnomalari boʻyicha zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishda davom etishi kerak.

Qonunchilikka koʻra, vakolatli organ litsenziyani 10 kungacha muddatga oʻzi toʻxtatib turishi mumkin. Bunga litsenziya talablari va shartlari buzilgani aniqlanishi yoki regulyatorning qoidabuzarliklarni bartaraf etish haqidagi talabi bajarilmasligi asos boʻlishi mumkin. Biroq NAPPning “Kapital Sugʻurta” boʻyicha eʼlonida aynan qaysi holat sabab boʻlgani koʻrsatilmagan.

“Kapital Sugʻurta” bozordagi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. NAPPning 2026 yil birinchi chorak yakunlariga oid maʼlumotlariga koʻra, kompaniya 211,1 mlrd soʻmlik sof sugʻurta mukofoti yigʻib, umumiy sugʻurta segmentida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Bu koʻrsatkich bir yil avvalgiga nisbatan qariyb 2,5 baravar yoki 149,7 foizga oshgan.

Kompaniyaning umumiy sugʻurta mukofotlari esa birinchi chorakda 215,7 mlrd soʻmni tashkil etib, yillik hisobda 95 foizga koʻpaygan. “Kapital Sugʻurta”ning sof mukofotlari butun umumiy sugʻurta bozorining qariyb 7,4 foiziga teng boʻlgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+