12 191.300 so‘m

decrease

-29.680

14 464.980 so‘m

decrease

-30.320

158.510 so‘m

increase

0.130

12 191.300 so‘m

decrease

-29.680

7 soat avval
Bank
35

JP Morgan’ning Rossiya va MDH boʻyicha prezidenti Yan Tavrovskiy Agrobank Kuzatuv kengashiga mustaqil aʼzo boʻldi

JP Morgan Bank International’ning Rossiya va MDH davlatlari boʻyicha prezidenti Yan Leonidovich Tavrovskiy Agrobank ATB Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi etib saylandi. U uch yil muddatga Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi etib saylangan. Yan Tavrovskiy 2012 yildan beri JP Morgan’ning mintaqadagi operatsiyalariga rahbarlik qilib kelayotgan tajribali investitsiya bankiri hisoblanadi.

JP Morgan’ning Rossiya va MDH boʻyicha prezidenti Yan Tavrovskiy Agrobank Kuzatuv kengashiga mustaqil aʼzo boʻldi

JP Morgan Bank International’ning Rossiya va MDH davlatlari boʻyicha prezidenti Yan Leonidovich Tavrovskiy Agrobank ATB Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi etib saylandi. Bu haqda bankning korporativ maʼlumotlaridan maʼlum boʻldi.

Maʼlumotga koʻra, joriy yilning 15 fevral kuni Agrobank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda Yan Leonidovich Tavrovskiy nomzodini bank Kuzatuv kengashi aʼzoligiga mustaqil aʼzo sifatida saylash masalasi koʻrib chiqilib, aksiyadorlar tomonidan 100 foiz ovoz bilan maʼqullangan.

Tavrovskiy Yan Leonidovich uch yil muddatga Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi etib saylanadi. U Markaziy bank bilan kelishuvdan soʻng Kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi.

Yan Tavrovskiy oʻzi kim?

Yan Leonidovich Tavrovskiy J.P. Morgan Bank International (Rossiya)ning prezidenti va boshqaruv kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan taniqli investitsiya bankiridir. U 2012 yildan buyon J.P. Morgan kompaniyasining mintaqadagi operatsiyalariga rahbarlik qilib kelmoqda va Rossiya moliya sohasidagi eng taʼsirli shaxslardan biri sifatida keng eʼtirof etilgan.

Yan Leonidovich Tavrovskiy 1970 yil 21 yanvarda tugʻilgan. U 1992 yilda Moskva aloqa institutini “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1994 yilda esa Rossiya Markaziy banki huzuridagi Moskva bank maktabini “Banklarda buxgalteriya hisobi” yoʻnalishi boʻyicha bitirgan.

1998 yilda London biznes maktabida MBA darajasini olgan. Shu yildan boshlab Londonda faoliyat yuritib, dastlab Goldman Sachs International’da kredit va reyting boʻyicha maslahat guruhida, keyinchalik JP Morgan Securities Ltd’da kredit moliyalashtirish guruhida ishlagan.

2004 yilda u Rossiyadagi JPMorgan Bank’ning korporativ mijozlar va kapital bozorlari departamenti rahbari etib tayinlangan.
2009 yil aprel oyida Morgan Stanley Bank boshqaruv raisining oʻrinbosari hamda Rossiya va MDH boʻyicha investitsiya va bank amaliyoti rahbari lavozimlarini egallagan.

2010 yil mart oyida Yan Tavrovskiy JP Morgan’ga Rossiya va Ukraina boʻyicha investitsiya banki rahbari hamda bankning Rossiya boʻlimi bosh boshqaruv direktori oʻrinbosari sifatida qaytgan. 2012 yil aprel oyidan esa Rossiya va MDH davlatlari boʻyicha JP Morgan prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+