12 254.270 so‘m

decrease

-30.890

14 516.410 so‘m

increase

1.490

147.890 so‘m

decrease

-0.730

12 254.270 so‘m

decrease

-30.890

28-iyul, 13:14
Bank

Iyun oyida Oʻzbekistondagi muammoli kreditlar hajmi sezilarli kamaydi

Iyun oyida Oʻzbekiston banklaridagi muammoli kreditlar hajmi 1,65 trillion soʻmga kamaydi. Bu boradagi eng katta ijobiy oʻzgarish Ipoteka bank hissasiga toʻgʻri kelib, undagi NPL hajmi 1 trillion 39 milliard soʻmga qisqardi.

Iyun oyida Oʻzbekistondagi muammoli kreditlar hajmi sezilarli kamaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil iyun oyida Oʻzbekiston banklarida muammoli kreditlar (NPL – Non-Performing Loans) hajmi 1,65 trln soʻmga kamaygan.

Shu oy davomida 36 ta bankning umumiy kredit portfeli 7,56 trln soʻmga oshgan boʻlib, bu oʻsish asosan davlat banklari hissasiga toʻgʻri kelgan — 5 trln soʻm.

Davlat banklari

Davlat banklarida ketma-ket uchinchi oy muammoli kreditlar hajmi pasaymoqda. 2025 yil iyul oyida 9 ta davlat bankida NPL hajmi 877 mlrd soʻmga kamaydi. Barcha davlat banklarida bu koʻrsatkich ijobiy dinamikani koʻrsatdi.

Eng katta kamayish Biznesni rivojlantirish bankida kuzatilib, muammoli kreditlar 419 mlrd soʻmga qisqardi. Agrobank va Asakabankda esa bu koʻrsatkich mos ravishda 168 mlrd soʻm va 109 mlrd soʻmga kamaygan.

Boshqa banklar

Davlat ulushi mavjud boʻlmagan banklarda ham muammoli kreditlar hajmi kamaydi. Iyun oyida bu koʻrsatkich 773 mlrd soʻmga pasaydi.

Xususan, Ipoteka bankda muammoli kreditlar 1 trln 39 mlrd soʻmga qisqargani qayd etildi. Ushbu koʻrsatkich xususiy banklar orasidagi eng katta pasayish hisoblanadi.

Biroq ayrim xususiy banklarda NPL hajmi oshdi. Kapitalbankda muammoli kreditlar 126 mlrd soʻmga, TBC Bank’da 46 mlrd soʻmga, Anorbank’da esa 61 mlrd soʻmga oʻsgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+