12 088.980 so‘m

increase

23.490

13 801.990 so‘m

increase

47.330

154.470 so‘m

decrease

-1.190

12 088.980 so‘m

increase

23.490

10 soat avval
Iqtisodiyot
125

Infinbank’ning asosiy aksiyadori Farhod Mamatjonov Perfectum’ning 50 foiz ulushini sotib olishga ruxsat oldi

Raqobat qoʻmitasi bitim mobil aloqa bozoridagi raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi, degan xulosaga keldi. Hozir Perfectum operatorining 50 foiz ulushi Abdumalik Iminovga, 37,5 foizi “IMC-Capital”ga va 12,5 foizi Kamron Akbarovga tegishli. Farhod Mamatjonov Infinbank’ning 45,7 foiz aksiyasiga ega boʻlib, “Safo Airlines” va boshqa qator kompaniyalarda ham ishtirokchi hisoblanadi.

Infinbank’ning asosiy aksiyadori Farhod Mamatjonov Perfectum’ning 50 foiz ulushini sotib olishga ruxsat oldi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Farhod Mamatjonovning “Rubicon Wireless Communication” MChJ ustav kapitalidagi 50 foiz ulushni sotib olish boʻyicha arizasini koʻrib chiqdi.

“Rubicon Wireless Communication” Oʻzbekistonda Perfectum savdo belgisi ostida mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadi.

Qoʻmita Maxsus komissiyasi oʻtkazgan tahlil natijasida bitim tovar bozoridagi raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi haqida xulosaga kelindi. Shundan soʻng ariza qanoatlantirilib, iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berildi.

Perfectum hozir kimga tegishli?

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestridagi maʼlumotlarga koʻra, hozirda “Rubicon Wireless Communication” MChJning 50 foiz ulushi Abdumalik Iminovga tegishli. Kompaniyaning yana 37,5 foiz ulushiga “IMC-Capital” MChJ, 12,5 foiziga esa Kamron Akbarov egalik qiladi. Operatorning ustav kapitali 304,62 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Raqobat qoʻmitasi Mamatjonov 50 foizlik ulushni aynan kimdan sotib olayotganini ochiqlamadi. Biroq kompaniyadagi yagona 50 foizlik paket hozirda Abdumalik Iminovga tegishli.

Perfectum 2024 yil boshida toʻliq xususiylashtirilgani maʼlum boʻlgan. Oʻsha vaqtda operatorning 100 foiz ulushi Abdumalik Iminovga tegishli edi. Keyinchalik taʼsischilar tarkibiga “IMC-Capital” va Kamron Akbarov kirib, Iminovning ulushi 50 foizgacha qisqargan.

Infinbank’ning eng yirik aksiyadori

Farhod Mamatjonov Infinbank’ning eng yirik aksiyadori hisoblanadi. Bank aksiyadorlari tarkibiga oid maʼlumotlarga koʻra, uning Infinbank’dagi ulushi qariyb 45,7 foizni tashkil etadi. Bankning yana 25,6 foiz ulushi “Prestij Rielt”ga, 19,2 foizi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ga, 6,6 foizi “Azia Trans Terminal”ga, qariyb 2,9 foizi esa Parviz Abdusamadovga tegishli.

iHamkor.uz maʼlumotlariga koʻra, Mamatjonov “UZTEX TASHKENT”, “Azia Trans Terminal”, “Rakat Plaza”, “Sofa Marva Tour”, “Terassa” va “Safo Airlines” kabi kompaniyalarda ham taʼsischi yoki ishtirokchi sifatida qayd etilgan.

Avvalroq Mamatjonov aviatsiya sohasidagi “Safo Airlines” MChJni tashkil etgani haqida xabar berilgandi

7 may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kompaniyaning 60 foiz ulushi Mamatjonovga, 30 foizi Mixail Alenkinga, qolgan 10 foizi esa Avazjon Toshpoʻlatovga tegishli. Kompaniyaning asosiy faoliyat yoʻnalishi havo transporti sohasidagi yordamchi xizmatlar koʻrsatish etib belgilangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+