“Hayot Bank” sobiq boshqaruvi raisi mikromoliya bankiga rahbar etib tayinlandi
Bank sohasida 20 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Zoxid Alimov “TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI”ga boshqaruv raisi etib saylandi. Tajribali bankir bungacha bir qator banklarning boshqaruv lavozimlarida faoliyat yuritgan.

“TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida Alimov Zoxid Zakirjanovich jamiyat boshqaruvi raisi etib saylandi. U Markaziy bank bilan kelishilgan sanadan boshlab ushbu lavozimda ish boshlaydi.
Zoxid Alimov 1984 yil tugʻilgan. 2005 yil Toshkent moliya institutini “Buxgalteriya xisobi va audit” yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida 2002-2006 yillarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida, 2006-2019 yillarda “Kapitalbank” ATB tizimida, xususan, boshqaruv raisi maslahatchisi, amaliyot boʻlimi boshligʻi, Sergeli filiali boshqaruvchisi lavozimlarida, shuningdek, 2019-2020 yillar “Kapital Sug’urta” AJning bosh direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2020 yil noyabr oyidan 2022 yil iyul oyiga qadar Anorbank AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2023 yilda esa shu yili tashkil etilgan “Hayot Bank”ning ilk boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Bundan tashqari, u 2024 yilda “Hayot Bank” AJ kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida ham ishlagan.
Mavzuga doir: Kapitalbank va “Hayot Bank” sobiq rahbarlari mikromoliya sektoriga kirdi.









