12 964.430 so‘m

decrease

-30.160

14 744.450 so‘m

decrease

-17.400

158.280 so‘m

increase

0.600

12 964.430 so‘m

decrease

-30.160

7 kun avval
Bank

Hamkorbank va Smartbank’ning birinchi chorakda koʻrgan sof foydasi ochiqlandi

Hamkorbank sof foydasi 23,1 foizga oshgan boʻlsa, Smartbank’da bu koʻrsatkich 76,4 foizga kamaygan.

Hamkorbank va Smartbank’ning birinchi chorakda koʻrgan sof foydasi ochiqlandi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonning yana ikki banki — Hamkorbank va Smartbank — 2025 yilning birinchi choragi yakunlari boʻyicha moliyaviy natijalarini eʼlon qildi. Avvalroq, Octobank, Turonbank va Kapitalbank ham oʻz hisobotlarini taqdim etgan edi.

Hamkorbank — 393,4 mlrd soʻm

Bankning jami aktivlari hozirda 29,6 trln soʻmni tashkil etmoqda. Bu miqdor chorak davomida 879 mlrd soʻmdan koʻproqqa oshgan. Bankning foizli daromadlari 1,2 trln soʻmni tashkil etdi (sof foizli daromad — 265,5 mlrd soʻm). Shuningdek, foizsiz daromadlar 1,1 trln soʻmga yetdi.

Hamkorbank chorakni 393 mlrd 409 mln soʻm sof daromad bilan yakunlagan. Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 23,1 foizga koʻproqdir.

Mavzuga doir: Octobank, Turonbank va Kapitalbankning 2025 yil I choragi boʻyicha sof foydasi ochiqlandi

Smartbank — 628,5 mln soʻm

Smartbank jami aktivlari hozirda 1,2 trln soʻmni tashkil qilmoqda. Bu miqdor yil boshidan beri deyarli ikki barobar yoki 92,2 foizga ortgan.

Korporativ maʼlumotlar portalida eʼlon qilingan hisobotga koʻra, bank birinchi chorakda foizli daromadlar olmagan. Daromadning asosiy qismini foizsiz tushumlar tashkil qilib, ularning hajmi 27,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Barcha xarajatlar chegirilgach, Smartbank chorakni 628 million 518 ming soʻm sof foyda bilan yakunladi. Bu oʻtgan yil mos davriga nisbatan 76,4 foizga kamroqdir. 


Yangilanish: maqolaga Smartbank sof foydasidagi oʻzgarish foiziga oid tuzatish kiritildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+