Hamkorbank 2025 yilning birinchi yarmida 806,8 mlrd soʻm sof foyda oldi
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,8 foizga oshgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilning birinchi yarmida bankning sof foydasi 668,1 milliard soʻmni tashkil qilgan edi.

Hamkorbank 2025 yilning yanvar–iyun oylariga oid moliyaviy hisobotini eʼlon qildi.
Hisobotga koʻra, bank shu davr mobaynida 806,8 milliard soʻm miqdorida sof foyda koʻrgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,8 foizga oshgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilning birinchi yarmida bankning sof foydasi 668,1 milliard soʻmni tashkil qilgan edi.
Joriy yilning olti oyi davomida Hamkorbankning foizli daromadlari 2,5 trillion soʻmga yetib, 2024 yilga nisbatan 23,6 foizga oʻsdi. Biroq foizsiz daromadlarda pasayish kuzatildi — ular 51,4 foizga kamayib, 1,7 trillion soʻmni tashkil etdi.
Mazkur davrda bank xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar uchun 569 milliard soʻm sarflagan. Shuningdek, davlat byudjetiga 179,3 milliard soʻm miqdorida daromad soligʻi toʻlagan.
2025 yil 1 iyun holatiga koʻra, Hamkorbankning umumiy kredit portfeli 20,1 trillion soʻmni tashkil qilmoqda. Ushbu portfel tarkibida muammoli kreditlar (NPL — non-performing loans) hajmi 296 milliard soʻmga teng.