12 132.480 so‘m

decrease

-5.380

14 360.000 so‘m

decrease

-19.720

159.090 so‘m

increase

0.960

12 132.480 so‘m

decrease

-5.380

9 soat avval
Texnologiya
53

Gemini’da sunʼiy intellekt orqali musiqa yaratish funksiyasi paydo boʻldi

Lyria 3 modeli asosida ishlovchi yangi funksiya foydalanuvchilarga matn, foto yoki video orqali bir necha soniyada 30 soniyalik trek yaratish imkonini beradi. 

Pinkod ushbu imkoniyatni oʻzbek tilida sinovdan oʻtkazdi. 

Natijada sunʼiy intellekt mazkur tilda ham qoʻshiqni deyarli xatosiz va sezilarli aksentsiz yarata olishi aniqlandi.

Gemini’da sunʼiy intellekt orqali musiqa yaratish funksiyasi paydo boʻldi
Foto: AI/Pinkod.uz

Google Gemini ilovasiga sunʼiy intellekt asosidagi musiqa yaratish funksiyasini qoʻshdi. Ushbu imkoniyat Google DeepMind’ning eng soʻnggi generativ musiqa modeli — Lyria 3 asosida ishlaydi va hozircha beta rejimida joriy etilmoqda.

Foydalanuvchilaar gʻoyani tasvirlab berish yoki foto/video yuklash orqali 30 soniyalik treklar yaratishi mumkin. 

Masalan, “shaxsiy maʼlumotlari darknetda tarqab ketgan, “xavfsizlik qayerda?” degan savoliga “kerak boʻlsa sotib olib isbotla” degan kinoyali javobni olgan shaxs haqida pop uslubidagi, ijtimoiy tanqid ruhidagi qoʻshiq” kabi prompt qisqa vaqt ichida toʻliq kompozitsiyaga aylanadi.

Treklarni quyidagi havolalar orqali eshitish mumkin:

Gemini yuklangan kontentdan kengroq ijodiy ilhom ham olishi, soʻrovga qarab matn yoki instrumental musiqa yaratishi mumkin.

Lyria 3 imkoniyatlari va yaratish rejimlari

Lyria 3 oldingi versiyalarga nisbatan uchta asosiy yangilikni taqdim etadi:

  • Prompt asosida avtomatik qoʻshiq matni (lyrics) yaratish
  • Janr, kayfiyat, tempo va vokal uslubi ustidan kengroq nazorat
  • Yanada realistik va musiqiy jihatdan murakkab natija

Musiqani bir nechta usulda yaratish mumkin:

Text to track (Matndan trekka): Bunda foydalanuvchi janr, kayfiyat, xotira yoki ichki hazilni tasvirlab berishi kerak. Shundan soʻng Gemini ijod qilgan holda trekni yaratadi.

Foto yoki video asosida trek: Tasvir yoki videoni yuklab, mavzuga mos musiqa va matn yaratishni soʻrash mumkin. Bu koʻchada, uyda va boshqa yerda tushirilgan surʼatlar ham boʻlishi mumkin

Har bir trek Nano Banana tomonidan yaratilgan maxsus muqova rasmi bilan taqdim etiladi hamda uni yuklab olish yoki toʻgʻridan-toʻgʻri havola orqali ulashish mumkin.

Ayni paytda funksiyaning beta bosqichda ekanini inobatga olib, siyosiy, diniy yoki boshqa nozik mavzularda musiqa yaratishda ayrim cheklovlar qoʻllanilishi mumkin.

Shuningdek, Gemini oʻzbek tilida ham tabiiy talaffuz va sezilarli aksentsiz musiqa yaratishi eʼtiborga loyiq jihatlardan biridir.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+