12 858.150 so‘m

decrease

-58.950

14 505.280 so‘m

increase

44.590

159.710 so‘m

decrease

-0.430

12 858.150 so‘m

decrease

-58.950

6 kun avval
Bozor

Fond bozorlarini inqirozdan nima saqlab qolmoqda?

AQSh fond bozori bor-yoʻgʻi toʻrt kunda 12 foizga tushdi va shuncha tezda yana oʻz oʻrniga qaytdi. Bunday keskin burilishga nimalar sabab boʻldi?

Fond bozorlarini inqirozdan nima saqlab qolmoqda?
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yil 2 may holatiga koʻra, AQShning S&P 500 indeksi bir oy avvalgi darajasiga — prezident Donald Trampning “Ozodlik kuni” tarif hujumidan oldingi holatiga qaytdi. The Economist bozorlarni iqirozdan nima saqlab qolayotgani haqida maqola eʼlon qildi

Atigi toʻrt kun ichida 12 foizga qulagan bu indeksning tezda tiklanishi xuddi qulashiday hayratomuz boʻldi.

Tiklanishga Trampning bojxona toʻlovlarini vaqtincha toʻxtatib turish qarori muhim hissa qoʻshdi. Biroq bozorni tiklashga yana bir muhim omil — oddiy (chakana) investorlarning faoliyati ham sezilarli taʼsir koʻrsatdi.

Trampning tarif eʼlonidan soʻng bozorlar keskin pasaygan va institutsional investorlar ehtiyotkorlik bilan harakat qila boshlagan bir vaqtda, chakana investorlar fond birjasiga $5 mlrdlik sarmoya kiritdi. Keyingi kunlarda ular bu hajmni yanada oshirib, Amazon, Nvidia kabi yirik texnologik kompaniyalar aksiyalarini va umumiy bozorni kuzatuvchi ETF fondlarini xarid qilishda davom etdi.

Avvallari chakana investorlar shamol qayerdan essa, oʻsha tomonga yuguradiganlar sifatida istihzo bilan tilga olinardi. Biroq hozirgi sharoitda ular narxlar tushgan paytda xarid qiluvchi, yaʼni “pastdan ol, yuqoridan sot” tamoyiliga amal qiluvchi real kuchga aylangan. Katta investorlar xavf oldida portfellari tarkibini oʻzgartiryotgan bir paytda, chakana investorlar aynan shu vaqtda bozorga likvidlik olib kirib, uni muvozanatda ushlab turmoqda.

Bozorni ushlab qolgan yana bir muhim omil — bu portfellarda balansni qayta tiklash (rebalancing) jarayonidir. Koʻplab investorlar aktivlarini 60% aksiyalarga, 40% obligatsiyalarga yoʻnaltirgan boʻladi. Aksiyalar 20% ga pasayib, obligatsiyalar 2% ga oshganda, bu nisbat 60/40 dan 54/46 holatga oʻzgaradi. Balansni tiklash uchun esa aynan pasaygan aksiyalar xarid qilinadi.

Psixologiyada ham bu borada oʻxshash holat mavjud: “dispozitsiya effekti” deb nomlanuvchi xatti-harakatga koʻra, investorlar yutuqlarni sotishga, yoʻqotilgan aktivlarni esa ushlab turishga moyildir.

Shunga qaramasdan balansni qayta tiklash jarayoni bozordagi bunday oʻsishni toʻliq aks ettira olmaydi. Sababi portfelga kiritiladigan mazkur tuzatishlar faqat choraklik yakuni boʻyicha yoki yiliga bir marta amalga oshiriladi. Bozorlarning oʻsishi esa tezkorlik bilan sodir boʻlgan holatdir. Mazkur fenomenni bemalol “tushgan paytda xarid qil” prinsipi asosida savdo qilayotgan chakana investorlar bilan bogʻlash mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+