12 085.560 so‘m

increase

33.510

13 870.600 so‘m

decrease

-114.600

164.520 so‘m

decrease

-0.780

12 085.560 so‘m

increase

33.510

3 soat avval
Iqtisodiyot
57

Fitch NKMK va “Navoiyazot” reytinglari prognozini “ijobiy”ga koʻtardi

Fitch Ratings NKMKning uzoq muddatli reytingini “BB”, “Navoiyazot”nikini esa “BB−” darajasida saqlab qoldi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston suveren reytingi prognozining yaxshilanishi ortidan har ikki kompaniya boʻyicha prognoz “barqaror”dan “ijobiy”ga oʻzgartirildi.

Fitch NKMK va “Navoiyazot” reytinglari prognozini “ijobiy”ga koʻtardi
Foto: AI/Pinkod.uz

Fitch Ratings agentligi Oʻzbekistonning ikki yirik davlat kompaniyasi — Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “Navoiyazot“ning uzoq muddatli kredit reytinglari boʻyicha prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga oʻzgartirdi. Reytinglarning oʻzi avvalgi darajada saqlab qolindi.

NKMKning uzoq muddatli emitent defolt reytingi “BB”, “Navoiyazot”niki esa “BB−” darajasida tasdiqlandi. Fitch qarorni 2026 yil 3 iyunda Oʻzbekiston suveren reytingi prognozining ham «barqaror»dan «ijobiy»ga yaxshilangani bilan izohladi.

Agentlik baholashiga koʻra, NKMKning mustaqil kredit profili “bb+” darajasiga teng. Biroq kompaniyaning yakuniy reytingi Oʻzbekistonning suveren reytingi bilan cheklangan. Bunga davlatning korxona boshqaruvi, soliqlar va dividendlar orqali uning moliyaviy oqimlariga sezilarli taʼsiri sabab boʻlmoqda.

NKMK Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan oltinning 80 foizdan ortigʻini taʼminlaydi va mamlakatning yirik soliq toʻlovchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek, dunyodagi eng yirik toʻrtta oltin ishlab chiqaruvchidan biri sanaladi.

“Navoiyazot”ning mustaqil kredit profili esa “b−” darajasida baholangan. Shunga qaramay, kompaniyaning davlat uchun strategik ahamiyati va hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi hisobiga yakuniy reyting Oʻzbekiston suveren reytingidan atigi bir pogʻona past — “BB−” darajasida shakllangan.

Prognozning “ijobiy”ga oʻzgartirilishi reytinglar hozirning oʻzida oshirilganini anglatmaydi. Biroq Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi yaxshilansa va kompaniyalarga davlat koʻmagi hozirgi darajada saqlansa, kelgusida NKMK hamda “Navoiyazot” reytinglari koʻtarilishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+