Endilikda fuqarolar kredit tarixini tekshirish uchun kimlarga rozilik berganini koʻra oladi
KATM kredit byurosi 15 noyabrdan “Mening roziliklarim” xizmatini test rejimida ishga tushirdi.
Fuqarolar uning yordamida kredit tashkilotlariga oʻz kredit tarixini oʻrganish uchun bergan roziliklarini tekshirishi va boshqarishi mumkin.
Hozircha tizimda faqat yangi xizmat ishga tushganidan keyin berilgan roziliklar aks etadi.

Oʻzbekistonda fuqarolarga oʻz kredit tarixini oʻrganish uchun kredit tashkilotlariga bergan roziliklarini nazorat qilish imkonini beruvchi yangi xizmat ishga tushirildi. Bu haqda “Kredit-axborot tahliliy markazi” (KATM) kredit byurosi maʼlum qildi.
“Mening roziliklarim” deb nomlangan xizmat 2026 yil 15 noyabrdan test rejimida ishlamoqda. Undan KATM mobil ilovasi hamda kredit byurosining rasmiy veb-saytidagi UCIN portali orqali foydalanish mumkin.
Yangi xizmat fuqarolarga qaysi kredit tashkilotlariga oʻz kredit tarixini oʻrganish uchun rozilik berganini tekshirish imkonini beradi. Tizimda rozilikning roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi.
Shuningdek, foydalanuvchilar oʻzlari bergan roziliklarni boshqarishi mumkin boʻladi.
Biroq xizmatning muh









