12 114.970 so‘m

increase

40.690

14 260.530 so‘m

increase

41.860

162.070 so‘m

increase

1.210

12 114.970 so‘m

increase

40.690

15 soat avval
Bank
56

Doniyor Abdurahmonov “Tenge Bank” boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Doniyor Abdurahmonov “Tenge Bank” boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar 2020 yil avgustidan buyon bank Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Doniyor Abdurahmonov “Tenge Bank” boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

“Tenge Bank” ATB Kuzatuv kengashining 2026 yil 28 apreldagi qaroriga muvofiq, Doniyor Marselovich Abdurahmonov bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Mazkur tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan belgilangan tartibda kelishilgan.

Shu munosabat bilan Doniyor Abdurahmonovning “Tenge Bank” ATB Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi sifatidagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. U 2026 yil 8 maydan boshlab yangi lavozimida ish boshladi.

Doniyor Abdurahmonov 1982 yil 6 iyunda tugʻilgan. U Toshkent moliya institutini “Moliya” yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 2013 yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasini “Investitsiyalarni boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha bitirgan.

Shuningdek, u Shveytsariya Milliy bankining oʻquv markazida “Pul-kredit siyosati, valyuta kurslari va kapital harakati” yoʻnalishida tahsil olgan. 2019 yilda Avstriyadagi Birlashgan Vena institutida “Kapital oqimini boshqarish: makroiqtisodiy tahlil va siyosat” hamda “Balans yondashuvi” dasturlari boʻyicha malaka oshirgan.

Doniyor Abdurahmonov bank-moliya tizimida koʻp yillik tajribaga ega. U mehnat faoliyatini 2003 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida huquqiy maslahatchi sifatida boshlagan.

2005–2014 yillarda Markaziy bank tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Valyuta ayirboshlash operatsiyalari bosh boshqarmasi tahlil boshqarmasi rahbar oʻrinbosari, Konsolidatsiyalashgan barqarorlashtirish fondi Ishchi organi rahbari oʻrinbosari, Kapital harakati operatsiyalarini monitoring qilish boshqarmasi rahbari hamda Valyutani tartibga solish va nazorat departamentida boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2014–2016 yillarda “Intermobilgaz” MChJda yurist, 2016–2017 yillarda “Ravnaqbank” ATB Valyuta operatsiyalari departamenti direktori, 2017 yilda esa “Davr bank” ATB Valyuta operatsiyalari boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlagan.

2017–2020 yillarda u yana Markaziy bankda faoliyat yuritib, Valyutani tartibga solish va toʻlov balansi departamenti direktori lavozimida ishlagan.

Doniyor Abdurahmonov 2020 yil avgust oyidan buyon “Tenge Bank” ATB Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+