Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi?
7-8-9 mart — shanba, yakshanba va dushanba kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan qulaylik yaratish maqsadida xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
7-8-9 mart — shanba, yakshanba va dushanba kunlari quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi:
- Agrobank;
- Anorbank;
- Apex Bank;
- Asakabank;
- Asia Alliance Bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Garant Bank;
- Hamkorbank;
- Hayot Bank;
- Infinbank;
- Ipak Yuli bank;
- Ipotekabank;
- Kapitalbank;
- Mikrokreditbank;
- Orient Finance Bank;
- Tenge Bank;
- Trastbank;
- Universalbank;
- Oʻzmilliybank;
- Oʻzsanoatqurilishbank;
- Saderat Bank.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.
Bankomatlar joylashuvini bu yerdan aniqlash mumkin.









