12 039.610 so‘m

increase

54.510

13 992.430 so‘m

increase

69.340

149.170 so‘m

increase

0.310

12 039.610 so‘m

increase

54.510

3 kun avval
Bank
77

Click AJ taqsimlanmagan foydasidan 36 mlrd soʻmni dividendlar toʻlashga yoʻnaltirdi

14 noyabr kuni Click AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari yigʻilishi oʻtkazildi. Unda kompaniyaning 186 mlrd soʻmlik taqsimlanmagan sof foydasidan dividend toʻlash masalasi koʻrib chiqilib, 36 mlrd soʻmni aksiyadorlarga toʻlash haqida qaror qabul qilindi.

Click AJ taqsimlanmagan foydasidan 36 mlrd soʻmni dividendlar toʻlashga yoʻnaltirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

14 noyabr kuni Click AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kompaniyaning taqsimlanmagan sof foydasidan dividend toʻlash masalalari muhokama qilindi. 

Yigʻilishda Jamiyatning Hisob komissiyasi uch kishidan iborat tarkibda tasdiqlandi:

  • Bulax Aleksey Sergeyevich,
  • Massino Yevgeniya Valerevna,
  • Fayziyev Rustam Murodjonovich.

Mazkur shaxslar orasida Rustam Fayziyev Click’ning hamtaʼsischilaridan biri hisoblanadi. 

Click — Oʻzbekistondagi eng yirik toʻlov tashkilotlaridan biri hisoblanib, unga 2011 yilda uch nafar hamkor — maktabdoshlar Ulugʻbek Rustamov, Rustam Fayziyev hamda ularning bank sohasidagi tanishi Baxodir Abdukadirov tomonidan asos solingan.

Yigʻilish yakuniga koʻra, Click’ning 186 milliard 625 million 463 ming soʻm miqdoridagi taqsimlanmagan sof foydasi boʻyicha qarorlar qabul qilindi. Unga koʻra, 36 milliard soʻm dividendlar toʻlash uchun ajratildi, qolgan 150 milliard 625 million 463 ming soʻm esa tegishli keyingi qarorgacha taqsimlanmagan holda qoldirildi.

Aksiyadorlarga toʻlanadigan dividend miqdori har bir joylashtirilgan aksiya uchun 1 800 soʻm etib belgilandi. Dividendlar pul shaklida, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiya vositachisi orqali, amaldagi qonunchilik talablari asosida toʻlanadi. Dividend toʻlash 2025 yil 14 noyabrdan boshlanadi va 60 kun davom etib, 2026 yil 12 yanvarda yakunlanadi.


Avvalroq Click va Qozogʻistonning yirik banki Halyk banki oʻrtasida kelishuv imzolangan edi

Kelishuvga koʻra, Halyk Bank Click kompaniyasining 49 foiz aksiyalarini $176,4 million evaziga sotib oladi. Oʻz navbatida, Click aksiyadorlari Halyk Bank’ning Oʻzbekistondagi shoʻba banki — Tenge Bank ATBning 49 foiz aksiyalarini $60,76 million evaziga xarid qiladi. Mazkur bitim 4 oydan beri regulyatorlar tomonidan tasdiqlanishni kutmoqda. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+