12 928.270 so‘m

increase

18.470

13 462.210 so‘m

increase

46.350

129.660 so‘m

increase

0.570

12 928.270 so‘m

increase

18.470

07-dekabr, 14:05
Yangiliklar

Bloomberg: dunyoning eng boy odami Ilon Mask endi Amerikaning eng katta siyosiy donori

Nashrga koʻra, Mask kamida 274 million dollarni Trampning saylov tashviqotlari uchun sarflagan.

Bloomberg: dunyoning eng boy odami Ilon Mask endi Amerikaning eng katta siyosiy donori
Foto: Al Drago/Bloomberg

Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask 2024 yilgi saylov davrida siyosiy guruhlarga kamida 274 million dollar xayriya qildi va AQShdagi eng yirik donor maqomini oʻziniki qildi, deya xabar berdi Bloomberg. Ushbu summa Maskga ikkinchi oʻrindagi investor Timoti Mellonni (197 million dollar) ortda qoldirishiga yordam berdi.

Rekord darajadagi xayriyalar

Maskning asosiy mablagʻlari prezidentlik sayloviga yoʻnaltirildi. U oʻzi tashkil etgan American PAC super siyosiy harakat qoʻmitasiga 238,5 million dollar ajratdi. Shundan 75 million dollar saylov kampaniyasining soʻnggi haftalarida qoʻshimcha ravishda berilgan.

American PAC joriy yilning boshidan beri vitse-prezident Kamala Xarrisning saylov kampaniyasidan moliyaviy jihatdan keskin ortda qolgan Tramp uchun imkoniyatlarni tenglashtirish maqsadida 159 million dollar sarfladi. Tramp saylovchilar bilan ishlash va tashviqot kampaniyasi ishlarini aynan shu tashkilotga topshirdi. Tashkilot saylovchilarni jalb qilish operatsiyalari uchun 86 million dollar sarfladi va Tramp nomidan Meta (sobiq Facebook) hamda Google platformalarida reklama kampaniyalari oʻtkazdi.

Trampning gʻalabasi Maskga nima beradi?

Maskning Saylovga ajratgan mablagʻlari uni Tramp maʼmuriyatining ichki doirasiga olib kirdi. Biznesmen Tramp bilan tez-tez Mar-a-Lagoda uchrashib turadi va endilikda u tadbirkor Vivek Ramasvami bilan birgalikda hukumat xarajatlarini qisqartirish boʻyicha masʼul boʻlgan Federal maslahat qoʻmitasini boshqaradi.

Foto: people.com

Undan tashqari, bu gʻalaba Maskning kompaniyalariga ham foyda keltirishi kutilmoqda. Jumladan, NASA’ning yangi rahbari etib SpaceX astronavti Jared Ayzakmanning tayinlanishi kompaniyaga kosmik tadqiqot va davlat buyurtmalari boʻyicha yirik shartnomalarni qoʻlga kiritish imkonini beradi. Maskning keyingi katta kompaniyasi Tesla esa avtonom avtomobillar uchun yengilroq tartibga soluvchi qoidalar chiqishini kutmoqda.

Maʼlumot uchun, hozirda Ilon Mask Bloomberg milliarderlar reytingida 361,7 mlrd dollar bilan birinchi oʻrinni egallab turibdi. Tramp ikkinchi prezidentligi davrida esa bu raqamlar yanada oʻsishi kutilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2024 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+