12 165.240 so‘m

decrease

-25.190

14 330.650 so‘m

decrease

-32.110

159.420 so‘m

decrease

-2.670

12 165.240 so‘m

decrease

-25.190

9 soat avval
Bozor
46

BlackRock va Franklin Resources UzNIF aksiyalariga $300 mln sarmoya kiritadi

Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasi (UzNIF) London va Toshkent fond birjalarida IPO oʻtkazishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. IPO doirasida mahalliy aksiyalar va xalqaro GDR’lar taklif etiladi, yakuniy narx esa may oʻrtalarida eʼlon qilinishi kutilmoqda. BlackRock va Franklin Resources kabi yirik investorlar qariyb 300 mln dollar mablagʻ kiritishga tayyor.

BlackRock va Franklin Resources UzNIF aksiyalariga $300 mln sarmoya kiritadi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasi (UzNIF) 16 aprel kuni dastlabki ommaviy aksiyalar taklifi (IPO)ni amalga oshirish rejasini tasdiqladi. Jamgʻarma aksiyalarini bir vaqtning oʻzida London fond birjasi va Toshkent fond birjasida joylashtirishni rejalashtirmoqda.

IPO doirasida Oʻzbekistonda mahalliy aksiyalar taklifi hamda xalqaro miqyosda global depozitar tilxatlar (GDR) chiqarilishi rejalashtirilgan. Asosiy investorlar sifatida BlackRock, Franklin Resources va Redwheel taxminan 300 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ kiritishga rozilik bildirgan.

Rejaga koʻra, aksiyalarning barchasi kompaniyaning yagona aksiyadori hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taklif etiladi.

Transport, energetika va telekommunikatsiya kabi sohalardagi davlat ishtirokidagi aktivlarni oʻz ichiga olgan, umumiy qiymati 2,44 milliard AQSh dollariga teng portfelga ega jamgʻarma xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mamlakat kapital bozorini rivojlantirishni maqsad qilgan.

UzNIF IPO boʻyicha yakuniy narx “book-building” jarayoni yakuniga koʻra belgilanishini, bu jarayon esa may oʻrtalarida eʼlon qilinishini kutmoqda. London va Toshkent fond birjalarida savdolarga qoʻyish (listing) esa shundan soʻng tez orada amalga oshiriladi.

“Biz UzNIF’ning London fond birjasi va Toshkent fond birjasida IPO oʻtkazish niyatini rasman tasdiqlayotganimizdan mamnunmiz”, — dedi Templeton Global Investments kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha bosh ijrochi direktori Marius Dan.

“UzNIF IPO’si Oʻzbekiston kapital bozorlari uchun ham, mamlakatning eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlaridan biriga investitsiya kiritish imkonini beruvchi platforma sifatida UzNIF uchun ham muhim bosqichdir. Bu IPO Oʻzbekistondan chiqqan ilk xalqaro aksiyalar taklifi boʻladi. Bu esa mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, barqaror iqtisodiy oʻsish, tezkor transformatsiya va xalqaro investorlar uchun jozibadorlik ortib borayotganining yaqqol isbotidir”.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+