12 965.340 so‘m

decrease

-14.820

14 525.070 so‘m

decrease

-81.500

161.340 so‘m

decrease

-0.290

12 965.340 so‘m

decrease

-14.820

05-may, 11:05
Iqtisodiyot

Biz Xitoy bilan adolatli savdo bitimi tuzishni istaymiz — Donald Tramp

Trampga koʻra, kelajakdagi har qanday kelishuv AQSh manfaatlarini himoya qilishi va mavjud nomutanosibliklarga barham berishi kerak.

Biz Xitoy bilan adolatli savdo bitimi tuzishni istaymiz — Donald Tramp
Foto: AI / Pinkod.uz

AQSh Prezidenti Donald Tramp 4 may kuni bergan bayonotida AQSh koʻplab davlatlar, jumladan, Xitoy bilan savdo bitimlari boʻyicha faol muzokaralar olib borayotganini maʼlum qildi. Trampning taʼkidlashicha, Xitoy bilan asosiy maqsad adolatli va AQSh manfaatlarini himoya qiladigan savdo bitimini tuzishdan iborat.

"Air Force One" bortida jurnalistlarga bergan intervyusida Tramp bu hafta Xitoy Prezidenti Si Szinpin bilan toʻgʻridan-toʻgʻri suhbat rejalashtirilmaganini, biroq AQSh va Xitoy rasmiylari turli mavzularda muloqot olib borayotganini aytdi.

Savdo bitimlari yaqin kunlarda eʼlon qilinishi ehtimoli haqida soʻralganda, Tramp "bu juda yaxshi ehtimol" ekanini bildirdi, lekin tafsilotlarni ochiqlamadi. Shu bilan birga, u ayrim savdo hamkorlari bilan kelishuvga erishish qiyin boʻlishi mumkinligini aytdi va ikki-uch hafta ichida ular uchun maxsus tariflar belgilanishi ehtimolini ham istisno etmadi.

Prezident Tramp Xitoyni yillar davomida AQShni global savdoda aldab kelganlikda ayblab, sobiq Prezident Richard Niksonning Xitoy bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatishini "eng katta xatolik" deb atadi. Trampning fikricha, aynan shu qadam AQSh iqtisodiyotiga uzoq yillar davomida zarar yetkazgan.

Biroq, Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida Xitoy bilan kelishuv borasida ijobiy fikr bildirdi. U ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo deyarli toʻxtatilgani va bu orqali AQSh katta moliyaviy yoʻqotishlardan qutulganini taʼkidladi. Trampning aytishicha, Xitoy hozirda AQSh bilan bitim tuzishni "juda istayapti" va bu borada muzokaralar davom etmoqda.

"Biz tamoman toʻxtadik. Bu esa shuni anglatadiki, endi trillionlab dollar yoʻqotmayapmiz, chunki ular bilan savdo qilmayapmiz", — dedi Tramp. "Ular esa bitimga juda qattiq intilayapti. Ammo natijasi qanday boʻlishini vaqt koʻrsatadi. Bitim esa, shubhasiz, adolatli boʻlishi kerak".

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+