12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

10-dekabr, 2024
Bozor

Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi

Energetika vazirligi barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilganligini aytib oʻtdi.

Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi

Energetika vazirligi sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshirilishini taʼkidladi.

Barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan boʻlib, talab va taklifdan kelib chiqib, birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjud.

Isteʼmolchilarning avtobenzinga boʻlgan talabini toʻliq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan. Joriy kuz-qish mavsumida aholini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz taʼminlash uchun barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda.

Xususiy avtozapravkalar egalaridan quyidagilar soʻralmoqda:

  • Narxlarni sunʼiy ravishda oshirmaslik.
  • Avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan aniq taʼminlash.

Ayni paytda esa ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda. Asossiz narx oshirilishining oldi olinadi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq vazirlik gaz shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar kiritilishi rejalashtirilayotganini aytib oʻtgandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+