12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

06-avgust, 13:30
Iqtisodiyot

Birinchi yarim yillikda UzAuto Motors sof foydasi sezilarli darajada kamaydi

2025 yilning birinchi yarmida UzAuto Motors sof foydasi 27,5 foizga kamaydi. Shuningdek, kompaniya mahsulot sotuvidan 2,2 trillion soʻmga kamroq tushum oldi.

Birinchi yarim yillikda UzAuto Motors sof foydasi sezilarli darajada kamaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning yanvar-iyun oylarida UzAuto Motors kompaniyasining sof foydasi sezilarli darajada kamaydi. Bu kompaniyaning yarim yillik hisobotidan maʼlum boʻldi.

Hisobotga koʻra, joriy yilning dastlabki olti oyida kompaniya 1,4 trillion soʻm sof foyda koʻrgan. Garchi bu koʻrsatkich hajm jihatidan katta koʻrinsa-da, oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 526 milliard soʻmga yoki 27,5 foizga kam.

Mazkur davrda mahsulot sotuvidan tushgan sof tushum 21,2 trillion soʻmni tashkil etdi. Bu esa oʻtgan yilning mos davridagidan kamroqdir. Taqqoslash uchun, 2024 yilning birinchi yarmida kompaniya 23,4 trillion soʻm tushum olgan edi. Shunday qilib, kompaniya yil davomida 2,2 trillion soʻmga kam mahsulot sotgan.

Shu bilan birga, kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi 2 trillion soʻmdan koʻproqqa oshib, 11,2 trillion soʻmga yetdi.

Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi esa 6,36 foizga kamayib, 17,7 trillion soʻmni tashkil etdi.

Jami xarajatlar deyarli oʻtgan yilgi darajada qoldi — 2,33 trillion soʻm (–2,2%). Xarajatlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Sotuv xarajatlari — 645 milliard soʻm (–4,2%)
  • Boshqaruv xarajatlari — 755,6 milliard soʻm (–4,6%)
  • Boshqa operatsion xarajatlar — 935,4 milliard soʻm (+1,1%)

Avvalroq Pinkod UzAuto Motors taʼsischisi hisoblangan “Oʻzavtosanoat”ning yarim yillik sof foydasi 50 foizdan ortiq kamaygani xaqda yozgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+