12 233.670 so‘m

increase

48.560

14 233.880 so‘m

increase

152.770

154.840 so‘m

increase

2.260

12 233.670 so‘m

increase

48.560

16-avgust, 13:55
Soliq

Birinchi yarim yillikda qaysi umumiy ovqatlanish korxonasi eng koʻp soliq toʻladi?

2025 yilning birinchi yarim yilligida umumiy ovqatlanish sohasi korxonalari davlat byudjetiga qariyb 810 mlrd soʻm soliq toʻladi. Ushbu tushumlarining deyarli beshdan biri KFC, Evos, Oqtepa Lavash kabi yirik 20 ta kompaniya hisobiga toʻgʻri keladi.

Birinchi yarim yillikda qaysi umumiy ovqatlanish korxonasi eng koʻp soliq toʻladi?
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning birinchi yarim yilligida eng koʻp soliq toʻlagan umumiy ovqatlanish kompaniyalari eʼlon qilindi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, yanvar–iyun oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan jami 809,8 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Ushbu mablagʻlarning 19,3 foizi yoki 156,3 mlrd soʻmlik qismi eng yirik 20 ta soliq toʻlovchi kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi.

Hisobot davrida sohada faoliyat yurituvchi 20 mingdan ortiq korxonaning jami tovar aylanmasi 9 trln soʻmdan oshgan. Shuningdek, ularga taqdim etilgan soliq imtiyozlari hajmi 88,7 mlrd soʻmni tashkil qilgan. Faqatgina TOP-20 korxonaning oʻzi esa 2 trln soʻmdan ortiq savdo aylanmasini qayd etib, 19,2 mlrd soʻm soliq imtiyozlariga ega boʻlgan.

Reytingda birinchi oʻrinni KFC brendi ostida faoliyat yurituvchi International Foodchain MChJ egallab, yarim yillik soliq toʻlovlari 47,4 mlrd soʻmni tashkil qilgan. Ikkinchi oʻrinda Evos fast-fud tarmogʻi – Mak Food Servis MChJ joylashib, davlat byudjetiga 31,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Uchinchi oʻrinda esa Oqtepa Food Service kompaniyasi 18,3 mlrd soʻm bilan qayd etilgan. Kuchli beshlikdan yana Ketring MChJ (16,5 mlrd soʻm) va Feed Up (4,3 mlrd soʻm) joy olgan.

Shuningdek, “Vanilla Food” MChJ 2,9 mlrd soʻm soliq toʻlovi bilan 10-oʻrinni egallagan. Reytingdan oʻrin olgan boshqa mashhur tarmoqlar qatorida Maxway (2,5 mlrd soʻm), Bellissimo Pizza (1,9 mlrd soʻm) va Efendi (1,9 mlrd soʻm) ham mavjud.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+