12 692.420 so‘m

increase

100.850

14 511.240 so‘m

decrease

-34.540

158.440 so‘m

increase

4.620

12 692.420 so‘m

increase

100.850

4 kun avval
Bank

Birinchi yarim yillikda Oʻzbekiston banklarining jami kredit portfeli 575 trln soʻmga yetdi

2025 yil 1 iyul holatiga koʻra, Oʻzbekiston banklarining umumiy kredit portfeli 575,2 trillion soʻmga yetdi. Yil boshidan buyon ushbu koʻrsatkich 42,1 trillion soʻmga oshgan. Eng yuqori oʻsish Agrobank va Kapitalbankda kuzatildi.

Birinchi yarim yillikda Oʻzbekiston banklarining jami kredit portfeli 575 trln soʻmga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yil 1 iyul holatiga koʻra, Oʻzbekiston banklarining jami kredit portfeli 575,2 trillion soʻmni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan hisobotda keltirib oʻtilgan

Yil boshidan buyon mamlakat banklarining umumiy kredit hajmi 42,1 trillion soʻmga oshgan.

Davlat banklari

Davlat banklari kredit portfeli hajmi boʻyicha yetakchilikni saqlab qolmoqda. Ushbu segmentdagi banklar tomonidan berilgan kreditlar umumiy qiymati 394,2 trillion soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich yanvar oyiga nisbatan 27,5 trillion soʻmga koʻpaygan.

Davlat banklari orasida eng yirik kredit portfeli Oʻzbekiston Milliy bankiga (NBU) tegishli boʻlib, uning hajmi 109,3 trillion soʻmga yetgan. Bu yil boshiga nisbatan 1,3 trillion soʻmlik oʻsishni anglatadi.

Kredit portfeli boʻyicha ikkinchi oʻrinni esa Agrobank egalladi. Bankning ajratgan faol kreditlari 14,5 trillion soʻmga oshib, jami 73,9 trillion soʻmga yetdi. Shu tariqa bank avval ikkinchi oʻrinda boʻlgan Oʻzsanoatqurilishbank (SQB)ni ortda qoldirdi. 

Shuningdek, Aloqabank(+2,8 trillion soʻm) va Xalq bankida (+2,3 trillion soʻm) ham sezilarli oʻsish kuzatilgan. Umuman olganda, davlatga tegishli boʻlgan barcha 9 ta bankda kredit portfeli oʻsishi kuzatilgan.

Boshqa banklar

Davlat ulushiga ega boʻlmagan banklar segmentida ham ijobiy dinamika kuzatildi. Ularning umumiy kredit portfeli 14,6 trillion soʻmga oshib, 181 trillion soʻmni tashkil qildi. 

Bu toifadagi banklar ichida Ipoteka bank 35,1 trillion soʻm bilan yetakchilik qilmoqda. Biroq ushbu bankda yil boshiga nisbatan 28 milliard soʻmlik pasayish qayd etilgan.

Xususiy banklar orasida eng katta oʻsish Kapitalbank hissasiga toʻgʻri keldi. Uning kredit portfeli 3,5 trillion soʻmga oshib, 35,3 trillion soʻmga yetgan. 

Shuningdek, TBC Bank (+3 trillion soʻm), Hamkorbank (+1,7 trillion soʻm), Hayotbank (+1,6 trillion soʻm) va Anorbank (+1,5 trillion soʻm) kredit portfellari ham sezilarli darajada kengaygani bilan ajralib turdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+