12 141.940 so‘m

increase

26.970

14 289.850 so‘m

increase

29.320

162.630 so‘m

increase

0.560

12 141.940 so‘m

increase

26.970

1 soat avval
Iqtisodiyot
34

Bir oyda eskrou orqali 40 mingdan ortiq oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirildi

2026 yil 1 apreldan 7 maygacha Oʻzbekistonda eskrou hisobvaraqlari orqali jami 40 767 ta oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirildi. Shundan 23 804 tasi transport vositalari, 16 963 tasi koʻchmas mulk oldi-sotdisiga toʻgʻri kelgan. Hududlar kesimida eng koʻp bitim Toshkent shahrida qayd etildi — 11 679 ta.

Bir oyda eskrou orqali 40 mingdan ortiq oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirildi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 1 apreldan 7 maygacha boʻlgan davrda eskrou hisobvaraqlari orqali koʻchmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisi boʻyicha bitimlar sezilarli darajada faollashgan.

Hisobot davrida jami 40 767 ta bitim rasmiylashtirilgan. Shundan 23 804 tasi transport vositalari, 16 963 tasi esa koʻchmas mulk oldi-sotdisiga toʻgʻri keladi.

Hududlar kesimida eng yuqori faollik Toshkent shahrida qayd etilgan — poytaxtda ushbu davrda 11 679 ta bitim amalga oshirilgan. Keyingi oʻrinlardan Fargʻona viloyati — 3940 ta, Samarqand viloyati — 3614 ta bitim bilan joy olgan.

Kuchli beshlikni Andijon viloyati — 3128 ta hamda Namangan viloyati — 2856 ta bitim bilan yakunlagan.

Regulyatorning taʼkidlashicha, eskrou mexanizmining joriy etilishi oldi-sotdi jarayonlarida hisob-kitoblar xavfsizligi, shaffofligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi. Bunda xaridor ham, sotuvchi ham bitim yakuniga qadar moliyaviy xavflardan nisbatan yaxshiroq himoyalanadi.


2026 yil 1 apreldan boshlab Oʻzbekistonda koʻchmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan avtomobillar oldi-sotdisi boʻyicha hisob-kitoblarning yangi tartibi joriy etildi.

Yangi tartibga koʻra, bunday bitimlar bank orqali, eskrou hisobvaragʻidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Yaʼni xaridor mablagʻni sotuvchiga bevosita oʻtkazmaydi — pul avval bankdagi maxsus hisobvaraqda saqlanadi. Bitim toʻliq yakunlanib, mulk huquqi rasmiylashtirilgach, bank ushbu mablagʻni sotuvchiga oʻtkazib beradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+