11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

28-may, 2025
Bozor
2015

Binance Oʻzbekiston rezidentlari uchun P2P platformasining yopilishini eʼlon qildi

Kompaniyaga koʻra, mazkur oʻzgarish mahalliy qonunchilikka rioya etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Undan tashqari, platformada 26 maydan boshlab USDT/UZS, BTC/UZS, ETH/UZS va boshqalar bilan savdo toʻxtatildi.

Binance Oʻzbekiston rezidentlari uchun P2P platformasining yopilishini eʼlon qildi
Foto: AI / Pinkod.uz

Dunyoning eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri Binance Oʻzbekistonda yashovchi foydalanuvchilar uchun P2P platformasining yopilishini eʼlon qildi.

Rasmiy xabarga koʻra, 2025 yil 27 maydan boshlab Oʻzbekistondagi foydalanuvchilar uchun Binance P2P platformasiga kirish yopildi. Mamlakat aholisi hududda mavjud boʻlgan Binance’ning boshqa xizmatlaridan CoinPay orqali foydalanishda davom etishi mumkin. 

Mazkur oʻzgartirishlar mahalliy qonunchilikdagi cheklovlar bilan bogʻliq. Binance’ning oʻzi bu holatga quyidagicha munosabat bildirgan: 

“Jamoamiz mahalliy qonunchilikka rioya etish ustida faol ishlamoqda va mumkin boʻlgan yechimlarni oʻrganmoqda. Biz barcha foydalanuvchilarimiz uchun xavfsiz va talablarga toʻliq javob beradigan savdo muhitini yaratishga intilmoqdamiz”.

Binance Oʻzbekistonlik foydalanuvchilarga boshqa valyutalar va xizmatlar orqali savdo qilishni koʻrib chiqishni tavsiya qildi.

Birjaning Oʻzbekistondagi hamkori boʻlgan CoinPay rasmiy saytida esa quyidagicha ogohlantirish mavjud: 

“P2P platformasidagi barcha operatsiyalar kripto aktivlar aylanishi sohasidagi qonunchilik talablariga zid hisoblanadi va belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi”.

P2P platformasining Oʻzbekiston mijozlari uchun yopilishi bilan bir vaqtda, Binance’da Oʻzbekiston soʻmiga (UZS) bogʻliq boʻlgan bir nechta savdo juftliklarini roʻyxatdan chiqarishini (delisting) ham eʼlon qildi. 

26 may boshlab Binance P2P platformasida oʻzbek soʻmi (UZS) va quyidagi savdo juftliklarini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatdi: USDT/UZS, USDC/UZS, BTC/UZS, FDUSD/UZS, BNB/UZS, ETH/UZS.

Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida Binance Oʻzbekiston hududida rasman ish boshlagan edi. Birja faoliyati mahalliy hamkor operator — CoinPay orqali amalga oshirilmoqda. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+