12 114.970 so‘m

increase

40.690

14 260.530 so‘m

increase

41.860

162.070 so‘m

increase

1.210

12 114.970 so‘m

increase

40.690

2 soat avval
Bank
36

Azizbek Ashurov TBC Bank boshqaruv raisi oʻrinbosari va moliyaviy direktori etib tayinlandi

Azizbek Ashurov TBC Bank boshqaruv raisi oʻrinbosari va bosh moliyaviy direktori lavozimiga tayinlandi. U avval ham 2020 yildan 2025 yilgacha TBC Bank’da moliyaviy rejalashtirish, tahlil va xalqaro moliyaviy hisobotlar yoʻnalishida ishlagan.

Azizbek Ashurov TBC Bank boshqaruv raisi oʻrinbosari va moliyaviy direktori etib tayinlandi
Foto: AI/Pinkod.uz

TBC Bank boshqaruvi tarkibida oʻzgarish yuz berdi. Kompaniya tomonidan ochiqlangan korporativ maʼlumotga koʻra, Azizbek Ashurov TBC Bank boshqaruv raisi oʻrinbosari va bosh moliyaviy direktori etib tayinlandi.

Ashurov 2025 yil yanvar oyidan buyon UZCARD toʻlov tizimida moliya direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bungacha u 2020–2025 yillarda TBC Bank’da faoliyat yuritgan.

Xususan, 2022 yil aprelidan 2025 yil yanvarigacha moliyaviy rejalashtirish va tahlil boʻlimi rahbari boʻlgan. Bu lavozimda byudjetlashtirish, moliyaviy prognozlar tayyorlash va moliyaviy tahlil jarayonlari bilan shugʻullangan.

2020 yil mayidan 2022 yil apreligacha esa TBC Bank’da xalqaro moliyaviy hisobot standartlari boʻyicha katta mutaxassis lavozimida ishlagan.

Ashurov 2018–2020 yillarda KPMG Uzbekistanʼda auditor yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2016–2018 yillarda esa Asia Alliance Bankʼda buxgalteriya boʻlimida katta mutaxassis va bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan.

U Toshkent moliya institutining moliya yoʻnalishini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar TBC Bank bosh moliyaviy direktori lavozimida 2022 yildan beri David Gabelashvili faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+