12 460.700 so‘m

decrease

-21.680

14 545.380 so‘m

increase

4.660

155.060 so‘m

decrease

-0.170

12 460.700 so‘m

decrease

-21.680

7 soat avval
Iqtisodiyot

Avgust oyida Oʻzbekistonda qaysi mahsulot va xizmatlar eng koʻp qimmatladi?

Avgust oyida Oʻzbekistonda inflyatsiya 0,4 foizni tashkil etdi, yillik koʻrsatkich esa 8,9 foizdan 8,8 foizga pasaydi. 

Shu davrda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, xizmatlar va yoqilgʻi narxlarida sezilarli oʻsish kuzatildi. 

Jumladan, oy davomida “arzonlashtirildi” deb eʼlon qilingan benzin narxi amalda oshgani qayd etildi.

Avgust oyida Oʻzbekistonda qaysi mahsulot va xizmatlar eng koʻp qimmatladi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda avgust oyida isteʼmol narxlari indeksi 0,4 foizga oshdi. Yillik inflyatsiya surʼati esa 8,9 foizdan 8,8 foizgacha pasaydi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlarida keltirib oʻtilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida oʻrtacha 0,6% (+6,7% yillik), nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3% (+6,6%), xizmatlar esa 0,3% (+16,2%) qimmatlashdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari

  • Tuxum – 2,7% arzonlashdi (yillik -6,6%).
  • Tovuq boldiri va son qismi– 2,1% (+5,7%).
  • Boshqa parranda goʻshti – 1,9% (+6,4%).
  • Qoʻzichoq goʻshti – 1,4% (+28,5%).
  • Mol goʻshti (suyaksiz) – 0,7% (+25%).
  • Paxta moyi – 1,6% (+39,4%).
  • Shakar – 0,1% arzonlashdi (yillik -4,5%).

Respublika  bozorlarida  mol  goʻshtining  a narxlarda  (1kg uchun 65000-75000 soʻm oraligʻida)  faol  sotilishi  oʻrtacha  narxlar darajasiga taʼsir koʻrsatdi va g narxining ke oshib ketmasligiga sabab boʻldi

Meva-sabzavotlar ichida tarvuz 28,7 foizga (+9,9 foiz), poliz mahsulotlari 11,7 foizga (+3,7 foiz), karam 11,4 foizga (+46,5 foiz), kartoshka 3,5 foizga (+32 foiz), banan esa 2,8 foizga (+32 foiz) qimmatlashdi. 

Meva-sabzavotlar ichida tarvuz 28,7 foizga (+9,9%), poliz mahsulotlari 11,7 foizga (+3,7%), karam 11,4 foizga (+46,5%), kartoshka 3,5 foizga (+32%) va banan 2,8 foizga (+32%) qimmatlashdi. 

Shu bilan birga, pomidor 16,8 foizga (-34,7%), uzum 5,4 foizga (-39,5%), baqlajon 4,3 foizga (-12,4%), bodring 3,1 foizga (-15,3%) va bulgʻor qalampiri 8 foizga (-16,6%) arzonlashdi. Sabzi narxi 3,1 foizga tushgan boʻlsa-da, oʻtgan yilga nisbatan qariyb 70 foiz yuqori darajada qolmoqda. Piyoz esa 2,3 foizga arzonlashgan, biroq yillik hisobda 40 foiz yuqoriligicha saqlanmoqda.

Xizmatlar sektori

Uy-joy kommunal xizmatlari narxi oʻrtacha 3 foizga, taʼmirlash materiallari esa 0,4 foizga qimmatlashdi. Avgustdan boshlab Buxoro viloyatida maishiy chiqindilarni olib chiqish va Xorazm viloyatida koʻp qavatli uylarni saqlash tariflari oshirildi.

Avtoturargoh xizmatlari 0,7 foizga (+13,6%), avtomaktab toʻlovlari 1,6 foizga (+71,3%), transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish esa 0,6 foizga (+11,7%) qimmatlashdi. Shunga qaramay, shaharlararo poyezd va samolyot chiptalarining arzonlashuvi transport xizmatlari narxini 0,1 foizga pasaytirdi.

Eng katta oʻsish muzey xizmatlarida (+10,6%) va uy hayvonlari uchun veterinariya xizmatlarida (+9,9%) kuzatildi. 

Bu holat asosan 1 avgustdan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 412 ming soʻmgacha oshirilishi bilan bogʻliq. 

Toʻy va tantanalar uchun binolar ijarasi 1 foizga, ofis buyumlari 0,9 foizga qimmatlashdi. Restoran va kafelarda tashqarida ovqatlanish 0,7 foizga (+12,4%), mehmonxonalar 0,4 foizga (+8%), dam olish maskanlari va lagerlar 0,3 foizga (+14,5%) oshdi.

Maishiy xizmatlar orasida eng katta oʻsish nusxa koʻchirish (+1,3%), kosmetologiya (+1,2%), soch boʻyoqlari (+1,1%) va maktab sumkalari (+1,1%) narxlarida kuzatildi. Yuridik xizmatlar narxi esa birdaniga 9,9 foizga oshdi, bu ham BHMning koʻtarilishi bilan izohlanadi.

Arzonladi deyilgan benzin narxi sezilarli darajada koʻtarildi

Dori vositalari narxi oy davomida 0,2 foizga (+8,1%), ambulator davolash xizmatlari 0,4 foizga (+9,7%), sogʻliqni saqlashning boshqa xizmatlari esa 0,6 foizga (+11,6%) qimmatlashdi.

Avgust oyida benzin 3,1 foizga qimmatlashib, yillik hisobda 11,1 foizga oshdi. Narxlarning oʻsishi quyidagicha qayd etildi: AI-80 – 4,6 foiz, AI-91 – 0,3 foiz, AI-92 – 2,3 foiz, AI-95 – 1,4 foiz. Tekshiruvlarga koʻra, oʻrtacha benzin narxlari quyidagicha boʻldi:

  • AI-80 – 8746 soʻm/litr
  • AI-91 – 11 461 soʻm/litr
  • AI-92 – 11 126 soʻm/litr
  • AI-95 – 12 983 soʻm/litr
  • AI-98 – 16 450 soʻm/litr

Qizigʻi shundaki, 11 avgust kuni “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi “AI-92 benzini narxi arzonlashtirildi” degan sarlavha bilan bayonot eʼlon qilgan edi. Ammo keyinchalik aslida narx tushish oʻrniga koʻtarilgani maʼlum boʻldi.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning taʼkidlashicha, birja savdolarida AI-92 avgust boshidan beri 4,7 foizga qimmatlagan. 2024 yil 4 noyabrdan, ushbu markadagi benzin narxi ochiq eʼlon qilina boshlaganidan buyon esa narxlar 12,6 foizga oshgan. Shu davrda Brent markasidagi yuqori navli neft 22,4 foizga arzonlagan, dollar kursi esa deyarli oʻzgarmagan.

“Ehtimol, Statqoʻm 20 avgustdan keyingi narx oshishlarini hali hisobga qoʻshmagan, chunki kuzatuvlar odatda oyning 10–20 kunlari oʻtkaziladi. Natijada, butun avgust davomida “arzonlashdi” degan yolgʻon fonida aslida narxlarning ke oshishi yuz berdi”, — deydi iqtisodchi.

Propan 0,6 foizga qimmatlashdi (yillik hisobda 6,1 foizga arzonlashgan), uning yuqori narx chegarasi litri uchun 6000 soʻm etib belgilandi. Metan narxi esa oy davomida deyarli oʻzgarmadi, biroq oʻtgan yilga nisbatan 31 foiz yuqori darajada qoldi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+