11 797.460 so‘m

increase

22.540

13 608.370 so‘m

increase

20.110

139.770 so‘m

increase

0.600

11 797.460 so‘m

increase

22.540

3 soat avval
Iqtisodiyot
59

AQShda Fed uch yildan beri ilk marta asosiy stavkani oshirdi

AQSh Federal rezerv tizimi bazaviy foiz stavkasini 0,25 foiz punktga oshirib, 3,75–4 foiz oraligʻiga koʻtardi. Bu Fed’ning 2023 yildan beri stavkani oshirish boʻyicha birinchi qarori boʻldi. Regulyator yil oxirigacha pul-kredit siyosatini yana qatʼiylashtirishi mumkinligini ham koʻrsatdi.

AQShda Fed uch yildan beri ilk marta asosiy stavkani oshirdi

AQSh Federal rezerv tizimining Ochiq bozorlar boʻyicha qoʻmitasi 16 sentabr kungi yigʻilishida asosiy stavkani 0,25 foiz punktga oshirishga qaror qildi. Natijada federal fondlar stavkasi uchun maqsadli diapazon 3,5–3,75 foizdan 3,75–4 foizgacha koʻtarildi.

Bu AQShda 2023 yildan beri kuzatilgan birinchi stavka oshirilishi boʻldi. Taqqoslash uchun, Fed 2025 yil sentabrida stavkani 4–4,25 foizgacha pasaytirgan, 2026 yil iyulida esa uni 3,5–3,75 foiz oraligʻida oʻzgarishsiz qoldirgan edi.

Stavkani oshirishga inflyatsiyaning Fed belgilagan 2 foizlik maqsaddan yuqori qolayotgani asosiy sabab boʻldi. Avgust oyida AQShda isteʼmol narxlari bir yil avvalgiga nisbatan 3,4 foizga oshdi.

Fed rahbariyati stavka boʻyicha bu yil yana bir marta qaror qabul qilishi mumkinligini ham koʻrsatmoqda. Aksariyat regulyator vakillari yil yakuniga borib stavka 4–4,25 foiz oraligʻiga chiqishini prognoz qilmoqda.

Yuqori stavkalar AQShda kredit olishni qimmatlashtiradi. Xususan, kredit kartalari va avtokreditlar boʻyicha foizlar oshishi mumkin, ipoteka stavkalariga esa bilvosita yuqoriga bosim beradi. Ayni paytda yuqori foizlar depozit va jamgʻarma mahsulotlarining daromadliligini qoʻllab-quvvatlaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+