12 131.550 so‘m

increase

22.530

14 124.760 so‘m

decrease

-14.940

153.540 so‘m

increase

3.230

12 131.550 so‘m

increase

22.530

10 soat avval
Iqtisodiyot
43

AQShda FED mustaqilligiga bosim: Jerom Pauellga jinoiy javobgarlik bilan tahdid qilinmoqda

AQShda FED raisi Jerom Pauellga nisbatan jinoiy javobgarlik tahdidi siyosiy mojaroga aylandi. Pauell buni markaziy bankka bosim oʻtkazish va foiz stavkalarini tez pasaytirishga qaratilgan urinish deb baholamoqda.

AQShda FED mustaqilligiga bosim: Jerom Pauellga jinoiy javobgarlik bilan tahdid qilinmoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

AQShda Federal rezerv tizimi (FED) raisi Jerom Pauell bilan bogʻliq vaziyat siyosiy mojaro darajasiga chiqdi. 

Reuters xabar berishicha, Tramp maʼmuriyati Pauellni oʻtgan yozda Kongressda bergan bayonotlari sababli jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilmoqda. Gap FED’ga qarashli binolarni rekonstruksiya qilish loyihasi yuzasidan berilgan guvohlik haqida ketmoqda.

Pauellning maʼlum qilishicha, AQSh Adliya vazirligi Federal rezerv tizimiga nisbatan katta hayʼat (grand jury) orqali chaqiruv qogʻozlari yuborgan. Rasmiy sabab sifatida Vashingtondagi FED binolarini taʼmirlash va yangilash loyihasiga ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflangani tekshirilayotgani koʻrsatilgan. Ushbu loyiha qiymati 2,5 milliard dollarga baholangan.

Biroq Pauell bu tekshiruvni siyosiy bosim vositasi deb hisoblamoqda. Uning taʼkidlashicha, rekonstruksiya masalasi faqat bahona boʻlib, asl maqsad — FED’ga bosim oʻtkazish va foiz stavkalarini Prezident Donald Tramp xohishiga koʻra tezroq va keskinroq pasaytirishga majbur qilishdir. Pauellning aytishicha, FED qarorlarini siyosiy buyruqlar asosida emas, iqtisodiy vaziyat va inflyatsiya xavflarini hisobga olgan holda qabul qiladi.

“Bu tahdidlar mening oʻtgan iyundagi guvohligim yoki bino taʼmiri bilan bogʻliq emas. Gap shundaki, FED foiz stavkalarini Prezident istaganidek belgilamayapti”, — dedi Pauell.

Mazkur holat Kongressda ham keskin munosabatlarga sabab boʻldi. Respublika partiyasidan senator, Senatning bank tizimi boʻyicha qoʻmitasi aʼzosi Tom Tillis Adliya vazirligining mustaqilligi savol ostida qolayotganini aytdi. U ushbu huquqiy masala toʻliq hal boʻlmaguncha Tramp tomonidan FED’ga tavsiya etiladigan barcha nomzodlarga, jumladan boʻlajak yangi rais nomzodiga ham qarshi ovoz berishini bildirdi.

Prezident Donald Tramp esa jurnalistlarga bergan izohida Adliya vazirligining bu harakatlaridan xabari yoʻqligini aytdi. Shu bilan birga, u Pauellni iqtisodiy siyosat va FED binolari loyihasi boʻyicha tanqid qilishni davom ettirdi.

Iqtisodchi va ekspertlar ushbu vaziyatni AQShda markaziy bank mustaqilligiga jiddiy tahdid sifatida baholamoqda. Ularning fikricha, FED’ning siyosiy bosimdan mustaqil boʻlishi inflyatsiyani nazorat qilish va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+