12 172.180 so‘m

increase

35.610

14 357.090 so‘m

increase

38.360

157.450 so‘m

decrease

-0.250

12 172.180 so‘m

increase

35.610

9 soat avval
Texnologiya
52

AQSh harbiylari Eronga qarshi hujumda Claude AI’dan foydalangan

AI modeli razvedka maʼlumotlarini tahlil qilish, hujum uchun nishonlarni tanlash hamda jangovar ssenariylarni kompyuter simulyatsiyasi orqali oldindan hisoblash maqsadida qoʻllangan.

AQSh harbiylari Eronga qarshi hujumda Claude AI’dan foydalangan
Foto: AI/Pinkod.uz

AQSh harbiylari Eronga qarshi hujumni rejalashtirishda Anthropic kompaniyasining Claude nomli sunʼiy intellekt modelidan foydalangani aytilmoqda. Bu holat Donald Tramp hujumdan bir necha soat oldin barcha federal idoralarga ushbu AI’dan foydalanishni toʻxtatishni buyurganiga qaramay yuz bergan.

The Wall Street Journal va Axios nashrlariga koʻra, Claude AQSh va Isroil tomonidan shanba kuni boshlangan keng koʻlamli bombardimon vaqtida ishlatilgan. Sunʼiy intellekt tizimlari harbiy jarayonlarga shunchalik chuqur kirib borganki, ularni birdaniga tizimdan chiqarib tashlash juda murakkab.

Maʼlumotlarga koʻra, AQSh harbiy qoʻmondonligi Claude’dan razvedka maʼlumotlarini tahlil qilishda, hujum uchun nishonlarni tanlashda va jangovar vaziyatlarni kompyuter simulyatsiyasi orqali oldindan hisoblashda foydalangan.

Juma kuni, yaʼni Eronga hujum boshlanishidan bir necha soat oldin, Tramp barcha davlat idoralariga Claude’dan foydalanishni darhol toʻxtatishni buyurgan. U Truth Socialʼdagi bayonotida Anthropic’ni “haqiqiy dunyoni tushunmaydigan odamlar boshqarayotgan radikal chap AI kompaniyasi” deb tanqid qilgan.

Mojaro yanvar oyida AQSh harbiylari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qoʻlga olish operatsiyasida ham Claude’dan foydalangani sababli boshlangan. Anthropic bunga qarshi chiqqan va oʻz qoidalariga koʻra Claude zoʻravonlik, qurol yaratish yoki kuzatuv maqsadlarida ishlatilmasligi kerakligini eslatgan.

Shundan soʻng Tramp, Pentagon va Anthropic oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashgan. Mudofaa vaziri Pit Xegset X tarmogʻida kompaniyani “manmanlik va xiyonat”da ayblab, Amerika harbiylari texnologiya kompaniyalarining siyosiy qarashlariga bogʻliq boʻlib qolmasligini aytgan. U Anthropicʼning barcha AI modellaridan har qanday qonuniy maqsadda toʻliq foydalanish imkoniyati berilishini talab qilgan.

Shu bilan birga, u harbiy tizimlardan Claude’ni darhol chiqarib tashlash oson emasligini tan olgan. Chunki bu texnologiya allaqachon koʻplab jarayonlarga integratsiya qilingan. Shuning uchun Anthropic yana olti oygacha xizmat koʻrsatishda davom etadi, bu vaqt ichida Pentagon boshqa, “yanada ishonchli va vatanparvar” xizmatga oʻtishi kerak.

Anthropic bilan hamkorlik uzilgach, uning oʻrnini OpenAI egallagan. OpenAI bosh direktori Sem Altman Pentagon bilan kelishuvga erishilganini va kompaniya vositalari, jumladan ChatGPT, harbiylarning maxfiy tarmogʻida qoʻllanilishini maʼlum qilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+