Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bagʻishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi
Markaziy bank Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalari hamda suvenir toʻplamlarini sotuvga chiqardi. Ogʻirligi 31,1 gramm boʻlgan tangalar yuqori kolleksion qiymatga ega boʻlib, ularning narxlari Markaziy bank tomonidan muntazam yangilanib boriladi.

Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari savdosini yoʻlga qoʻydi.

Sotuvga buyuk sarkarda siymosi tasvirlangan, ogʻirligi 31,1 gramm boʻlgan ikki xil dizayndagi esdalik tangalari hamda har biri 31,1 grammdan iborat uch donalik suvenir toʻplamlari chiqarilgan.

Tangalar 999,9 asillikdagi oltin va kumushdan tayyorlangan boʻlib, ular yuqori badiiy va kolleksion qiymatga ega.
Tangalar narxlari hamda ularning banklardagi mavjudligi haqidagi yangilangan maʼlumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali har kuni eʼlon qilib boriladi.
10 aprel holatiga ularning narxlari:
Ogʻirligi | Sotish narxi | Qaytarib sotib olish narxi |
31,1 gr (oltin) | 61 145 000 soʻm | 57 069 000 soʻm |
31,1 gr (kumush) | 1 811 000 soʻm | 888 000 soʻm |









