12 025.330 so‘m

decrease

-31.990

14 162.230 so‘m

decrease

-30.440

155.250 so‘m

increase

0.090

12 025.330 so‘m

decrease

-31.990

02-iyun, 2025
Bank
587

“Agrobank” ATBga nisbatan jarima qoʻllanildi

Moliyaviy sanksiya bank mahsuloti reklamasida qonunchilik talablari buzilganligi uchun qoʻllanilgan.

“Agrobank” ATBga nisbatan jarima qoʻllanildi

Raqobat qoʻmitasi “Agrobank” ATBga nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Qoʻmita tomonidan ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinayotgan reklama axborotlarining amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi oʻrganilgan.

Oʻrganishlar davomida “Agrobank” ATB tomonidan tarqatilgan “Agrobank Mobile” ilovasini yuklab olib, katta rejalaringiz uchun uydan chiqmasdan 100 000 000 soʻmgacha mikroqarz oling” mazmunidagi reklamalar aniqlangan.

Mazkur reklama axborotlarida “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 43-moddasi talablariga zid ravishda moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishda shartnomaning asosiy va muhim shartlari toʻliq keltirilmagan. Reklamaning bunday shaklda boʻlishi esa isteʼmolchilarni chalgʻitishga olib kelishi mumkin.

Ushbu holat yuzasidan Qoʻmita huzuridagi Maxsus komissiya tomonidan “Agrobank” ATBga nisbatan qonunbuzarlik holatini koʻrib chiqish boʻyicha ish qoʻzgʻatilib, uning yakunlariga koʻra moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bankka tegishli koʻrsatmalar berildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+