12 072.960 so‘m

increase

52.480

14 177.280 so‘m

increase

128.950

161.170 so‘m

increase

2.400

12 072.960 so‘m

increase

52.480

4 soat avval
Iqtisodiyot
38

2026 yil Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi 6,8 mln soʻmga yetdi

2026-yilning yanvar–mart oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 6,83 mln soʻmni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan boʻlsa, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi viloyatlarda oʻsish koʻrsatkichi oʻrtachadan past shakllangan.

Sohalar kesimida eng yuqori oʻrtacha oylik ish haqi moliyaviy xizmatlar, bank va sugʻurta sohasida qayd etilib, 18,6 mln soʻmni tashkil etdi. Eng past koʻrsatkich esa taʼlim va sogʻliqni saqlashda boʻlib, mos ravishda 4,6 mln soʻm va 4,1 mln soʻmni tashkil etgan.

2026 yil Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi 6,8 mln soʻmga yetdi
Foto: AI/Pinkod.uz

2026 yil yanvar–mart oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal ish haqi 6 mln 825,9 ming soʻmni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 foizga oshganini koʻrsatadi.

Hududlar kesimida ish haqi darajasi sezilarli farqlanadi. Eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, oʻrtacha ish haqi 11 mln 684,3 ming soʻmni tashkil etdi (+18,8%). Navoiy viloyatida oʻrtacha ish haqi 8 mln 453,2 ming soʻm boʻldi (+15,7%).

HududOʻrtacha ish haqi (mln soʻm)Oʻsish surʼati (%)
Oʻzbekiston Respublikasi6,83117,4
Qoraqalpogʻiston Respublikasi5,32114,0
Andijon viloyati5,58114,4
Buxoro viloyati5,47115,7
Jizzax viloyati5,14117,3
Qashqadaryo viloyati4,67114,3
Navoiy viloyati8,45115,7
Namangan viloyati5,10119,0
Samarqand viloyati5,07116,5
Surxondaryo viloyati4,72112,1
Sirdaryo viloyati5,37114,9
Toshkent viloyati6,17113,9
Fargʻona viloyati5,02115,7
Xorazm viloyati5,30114,9
Toshkent shahri11,68118,8

Qolgan hududlarda koʻrsatkichlar asosan 5–6 mln soʻm atrofida shakllangan:

  • Namangan — 5 mln 099,9 ming soʻm (+19,0%)
  • Jizzax — 5 mln 142,8 ming soʻm (+17,3%)
  • Samarqand — 5 mln 069,4 ming soʻm (+16,5%)
  • Buxoro — 5 mln 472,1 ming soʻm (+15,7%)
  • Fargʻona — 5 mln 018,9 ming soʻm (+15,7%)

Eng past koʻrsatkichlar Qashqadaryo (4 mln 665,2 ming soʻm) va Surxondaryo (4 mln 724,2 ming soʻm) viloyatlarida kuzatildi. Bu hududlarda oʻsish surʼatlari ham nisbatan past — mos ravishda 14,3% va 12,1%.

Sohalar kesimida transport va logistika yetakchi

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng yuqori oʻsish tashish va saqlash sohasida qayd etildi. Ushbu yoʻnalishda ish haqi oʻtgan yilga nisbatan 22,5 foizga oshib, 10 mln 709,3 ming soʻmga yetgan.

Moliyaviy sektor ham yuqori daromadli yoʻnalishlardan biri boʻlib qolmoqda. Bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida oʻrtacha ish haqi 18 mln 595,8 ming soʻmni tashkil etib, 18,2 foizga oshgan.

Sanoat sohasida oʻrtacha ish haqi 8 mln 025,6 ming soʻm (+16,1%) boʻlgan boʻlsa, taʼlim sohasida bu koʻrsatkich 4 mln 615,9 ming soʻmni (+14,2%) tashkil etdi. Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishida esa oʻrtacha ish haqi 4 mln 111,6 ming soʻm boʻlib, oʻsish surʼati 13,0 foizni tashkil etdi.

Ichki tarmoqlarda farq yanada katta

Axborot va aloqa sohasida oʻrtacha ish haqi 16 mln 525,4 ming soʻmni tashkil etdi. Ushbu yoʻnalishda eng yuqori daromad axborot xizmatlari segmentida kuzatilib, 21 mln 936,0 ming soʻmga yetgan. Kompyuter dasturlashtirish va maslahat berish xizmatlarida ish haqi 21 mln 199,2 ming soʻmni, aloqa xizmatlarida esa 12 mln 505,5 ming soʻmni tashkil etgan.

Bank va moliya sektorida qayta sugʻurtalash yoʻnalishi yetakchilik qilmoqda — 24 mln 313,3 ming soʻm. Moliyaviy xizmatlar koʻrsatish va sugʻurtaga oid yordamchi faoliyatda 20 mln 582,1 ming soʻm, boshqa moliyaviy xizmatlarda esa 18 mln 081,9 ming soʻm miqdorida ish haqi qayd etilgan.

Taʼlim tizimida esa ichki tafovut sezilarli: oliy taʼlim muassasalarida oʻrtacha ish haqi 10 mln 843,9 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, texnik va professional taʼlimda 4 mln 931,9 ming soʻm, umumiy oʻrta taʼlimda 4 mln 474,8 ming soʻm va maktabgacha taʼlimda 2 mln 485,2 ming soʻmni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+