11 975.360 so‘m

decrease

-98.060

14 020.750 so‘m

decrease

-113.600

162.910 so‘m

decrease

-1.560

11 975.360 so‘m

decrease

-98.060

24-mart, 20:46
Bank
340

1 apreldan kuchga kiradigan naqd pulsiz toʻlov qoidalari haqida nimalarni bilish kerak?

1 apreldan Oʻzbekistonda uy-joy, avtomobil va boshqa yirik bitimlar uchun toʻlovlarni naqd pulda amalga oshirish mumkin boʻlmaydi.

Xoʻsh yangi tartibga koʻra, bunday xaridlar qanday amalga oshiriladi? Katta miqdorda pul oʻtkazganda bank kartasi bloklanadimi?

Pinkod mazkur tartib qanday ishlashi haqida video tayyorladi.

1 apreldan kuchga kiradigan naqd pulsiz toʻlov qoidalari haqida nimalarni bilish kerak?
Foto: AI/Pinkod.uz

2026 yil 1 apreldan boshlab Oʻzbekistonda yirik bitimlar boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi oʻzgaradi. Endilikda bunday bitimlarni naqd pul orqali amalga oshirishga ruxsat berilmaydi. 

Yangi tartibga koʻra, uy-joy, avtomobil yoki boshqa yirik xaridlar uchun toʻlovlar faqat bank oʻtkazmalari, bank kartalari yoki toʻlov ilovalari orqali amalga oshirilishi kerak boʻladi. 

Hukumat bu choralar yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish va moliyaviy operatsiyalar shaffofligini oshirishga xizmat qilishiga ishonmoqda. 

Biroq yangi tartib koʻplab savollarni ham keltirib chiqarmoqda: 

  • Qaysi toʻlovlar endi faqat karta orqali amalga oshiriladi? 
  • Katta summalar oʻtkazilsa karta bloklanishi mumkinmi? 
  • Uy yoki mashina sotganda banklar qancha komissiya ushlab qoladi?

Pinkod ushbu savollarga javob beruvchi video-material tayyorladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+