12 895.550 so‘m

increase

15.200

14 338.560 so‘m

decrease

-196.910

159.380 so‘m

increase

2.700

12 895.550 so‘m

increase

15.200

1 kun avval
Iqtisodiyot

AQSh va Xitoy boj tariflarini 90 kun davomida keskin pasaytirishga kelishib oldi — Bloomberg

AQSh 14 maydan boshlab Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga qoʻllanilgan 145 foizlik boj stavkalarini 30  foizgacha tushiradi. 

Xitoy esa AQSh mahsulotlariga nisbatan qoʻllagan 125 foizlik boj stavkalarini 10 foizgacha kamaytirishga rozi boʻldi.

AQSh va Xitoy boj tariflarini 90 kun davomida keskin pasaytirishga kelishib oldi — Bloomberg
Foto: Pinkod.uz

AQSh va Xitoy oʻzaro mahsulotlariga qoʻyilgan bojlarni vaqtincha pasaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Mazkur qaror savdo ziddiyatlarini yumshatish, shuningdek, dunyoning eng yirik ikki iqtisodiyoti oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish uchun yana uch oy muhlat berish maqsadida qabul qilindi.

Rasmiy bayonot va dushanba kuni oʻtkazilgan brifingda taʼkidlanishicha, AQSh 2025 yil 14 maydan boshlab Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga qoʻllanilgan 145 foizlik boj stavkalarini, jumladan fentanil bilan bogʻliq bojlarga nisbatan, 30 foizgacha tushiradi. Xitoy esa AQSh mahsulotlariga nisbatan qoʻllagan 125 foizlik boj stavkalarini 10 foizgacha kamaytirishga rozi boʻldi.

AQSh Moliya vaziri Skott Bessent muzokaralar fentanil masalasida juda samarali va mazmunli boʻlganini, tomonlar esa iqtisodiy ajralishni istamasliklarini bildirganini maʼlum qildi.

Bayonotda, shuningdek, tomonlar iqtisodiy va savdo aloqalari boʻyicha muzokaralarni davom ettirish uchun maxsus mexanizm yaratishga kelishib olgani aytilgan.

Mazkur kelishuv Tinch okeani orqali olib borilayotgan savdoda jiddiy pasayishga sabab boʻlgan boj urushiga barham berish yoʻlida muhim qadam sifatida baholanmoqda. Avvalroq ham ikki davlat muzokaralarda “muhim siljishlar”ga erishganini bildirgan edi. Bu esa bozorlarning tiklanishiga, xususan, AQSh Prezidenti Donald Trampning 2 aprel kuni eʼlon qilgan “Ozodlik kuni” tariflaridan soʻng yoʻqotilgan Xitoy aksiyalarining oʻz qiymatini tiklashiga yordam berdi.

Oq uy yakshanba kuni bergan dastlabki bayonotida ushbu kelishuvni “savdo bitimi” deb atagan boʻlsa-da, tomonlar uchun maqbul yakuniy natijaning qanday boʻlishi va unga qachon erishilishi hozircha nomaʼlum. Xitoy avvalroq AQShdan shu yil davomida joriy etilgan barcha bojlarni bekor qilishni talab qilgan edi, bu esa AQShning savdo tanqisligini kamaytirish strategiyasiga zid edi.

Bozordagi ijobiy kayfiyatlarga qaramay, tarix shundan dalolat beradiki, batafsil va barqaror kelishuvga erishish ancha vaqt talab qilishi mumkin — hattoki umuman mumkin boʻlmasligi ehtimoli ham bor. Masalan, 2018 yilda ham tomonlar muzokaralardan soʻng “ziddiyat muzlatildi” degan qarorga kelishgan edi, biroq oradan koʻp oʻtmay AQSh bu bitimdan voz kechdi. Natijada, yana 18 oydan ortiq davom etgan tariflar urushi va muzokaralardan soʻnggina, 2020 yil yanvar oyida “Birinchi bosqich” savdo bitimi imzolandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+