11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

16-avgust, 2025
Iqtisodiyot
2682

Oʻzbekiston sugʻurta kompaniyalari birinchi yarim yillikda qancha sof foyda oldi?

Sugʻurta kompaniyalari ichida Apex Insurance 125,8 mlrd soʻmlik sof foyda bilan eng yuqori koʻrsatkichni qayd etdi. 

Shuningdek, “Oʻzbekinvest” va Euroasia Insurance kompaniyalari ham 20 mlrd soʻmdan ortiq foyda qayd etdi. 

Ayni paytda, bir necha kompaniyalar yarim yillikni zarar bilan yakunladi.

Oʻzbekiston sugʻurta kompaniyalari birinchi yarim yillikda qancha sof foyda oldi?
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yil dastlabki olti oyi yakuni boʻyicha bir qator sugʻurta kompaniyalari ijobiy moliyaviy koʻrsatkichlarni qayd etgan boʻlsa, ularning ayrimlari chorakni zarar bilan yakunladi. 

Pinkod ochiq maʼlumotlar asosida sugʻurta kompaniyalari joriy yil birinchi yarim yilligida qancha sof foyda olganini oʻrganib chiqdi. 

10 mlrd soʻmdan koʻp foyda olganlar:

KompaniyaSof foydaOʻsish foizi
Apex Insurance125,8 mlrd soʻm-28,8%
“Oʻzbekinvest”29,4 mlrd soʻm+20,7%
Euroasia Insurance26 mlrd soʻm+240,6%
Mosaic Insurance Group19,1 mlrd soʻm+13%
Alskom Sug'urta13,5 mlrd soʻm+12 056%
“Hamkor Sugʻurta”12,5 mlrd soʻm+3,1%
SQB insurance12,4 mlrd soʻm+8,1%
“Kafolat sugʻurta”12 mlrd soʻm-76,3%
My Insurance10,8 mlrd soʻm-76,3%

Eng yuqori daromad qayd etgan kompaniyalar qatorida Apex Insurance (125,8 mlrd soʻm), “Oʻzbekinvest” (29,4 mlrd soʻm) hamda Euroasia Insurance (26 mlrd soʻm) bor.

Apex Insurance sof foyda hajmi boʻyicha bozorda yetakchilikni saqlab qolgan. Biroq, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28,8 foizga kamaygan. Shunga qaramay, kompaniya sugʻurta bozoridagi eng yirik ishtirokchi boʻlib qolmoqda.

5 mlrddan 10 mlrd soʻmgacha foyda qilganlar:

KompaniyaSof foydaOʻsish foizi
“Kafil Sugʻurta”9,2 mlrd soʻm+231,5%
Gross sugʻurta7 mlrd soʻm-9%
Ingo-Uzbekistan Sug'urta6,3 mlrd soʻm+134,7%
“Xalq Sugʻurta”6,1 mlrd soʻm+67,7%
“Imkon-Sugʻurta”5,7 mlrd soʻm-69,9%

Bu toifada “Kafil Sugʻurta” (+231,5%) va Ingo-Uzbekistan Sug‘urta (+134,7%) sezilarli oʻsish qayd etdi. Ular mos ravishda 9,2 mlrd va 6,3 mlrd soʻm sof foyda olgan.

Shu bilan birga, Gross sugʻurta (–9%) va “Imkon-Sugʻurta” (–69,9%) sof foydasi kamaydi.

1 mlrddan 5 mlrd soʻmgacha foyda olganlar:

KompaniyaSof foydaOʻsish foizi
Impex-insurance4 mlrd soʻm+17,470%
Infinity Insurance3,7 mlrd soʻm+322%
Global Insurance Group3,6 mlrd soʻm+1 775%
“Oʻzagrosugʻurta”3,5 mlrd soʻm+158,4%
“Kapital Sugʻurta”2,5 mlrd soʻm+150,1%
Aria Sug‘urta2,2 mlrd soʻm-7,9%
Alfa Life Insurance1,7 mlrd soʻm+410,3%
“Oʻzbekinvest hayot sugʻurta”1,7 mlrd soʻm+147%
TBC sugʻurta 1,2 mlrd soʻm*

Bu guruhda eng yuqori oʻsishni Impex-insurance (4 mlrd soʻm, +17 470%) va Global Insurance Group (3,6 mlrd soʻm, +1 775%) qayd etdi.

Undan tashqari, joriy yil mart oyida litsenziya olgan TBC sugʻurta 1,2 mlrd soʻm sof foyda olganini ham taʼkidlab oʻtish kerak.

100 mlndan 1 mlrd soʻmgacha foyda qilganlar:

KompaniyaSof foydaOʻsish foizi
“Alfa invest sugʻurta”794,2 mln soʻm-88,8%
Kafolat Hayot Insurance654,3 mln soʻm+96,3%
“Temiryoʻl sugʻurta”631,1 mln soʻm-79,2%
INSON 600,1 mln soʻm+111,4%
IShONCh sugʻurta kompaniyasi587,9 mln soʻm +94%
Neo Insurance Corp479,1 mln soʻm+127,7%
Trust Insurance452,7 mln soʻm+267,6%
Semurg Insurance318,9 mln soʻm-78,3%
Apex Life Insurance111,2 mln soʻm-91,6%

Zarar bilan yakunlaganlar:

KompaniyaSof foydaOʻsish foizi
Asia Insurance–10,4 mlrd soʻm-233,9%
Farovon sugʻurta–584,9 mln soʻm-408,8%
Euroasia Life Insurance–150,3 mln soʻmzarar 82,6% ga qisqargan
“Agros hayot sugʻurta”–45,3 mln soʻmzarar 99,6% ga qisqargan

Boshqa tomondan, bir qancha sugʻurta kompaniyalari moliyaviy jihatdan chorakni salbiy natijalar bilan yakunladi. Jumladan, Asia Insurance’ning zarari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 234 foizga koʻpayib, 10,4 mlrd soʻmni tashkil etdi. Shuningdek, “Farovon sugʻurta” kompaniyasining ham zarari oʻtgan yilga qaraganda koʻpayib, 584,9 mln soʻmga yetdi.

Shu bilan birga, Euroasia Life Insurance va Agros hayot sugʻurta kompaniyalari yarim yillikni zarar bilan yakunlagan boʻlsa-da, ularning zarari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+