12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

10-aprel, 15:15
Bank

Botir Zohidov “Mikrokreditbank” ATB kuzatuv kengashi aʼzoligiga saylandi

Bungacha kuzatuv kengashi aʼzosi hisoblangan tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Musayev Behzod Anvarovichning vakolatlari esa muddatidan oldin tugatildi.

Botir Zohidov “Mikrokreditbank” ATB kuzatuv kengashi aʼzoligiga saylandi
Botir Zohidov

Korporativ axborot yagona portalidan maʼlum boʻlishicha, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Musayev Behzod Anvarovichning “Mikrokreditbank” ATB kuzatuv kengashi aʼzoligidagi vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan.

Uning oʻrniga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan Zohidov Botir Erkinovich saylandi.

B.Zohidov Markaziy bank bilan kelishilgandan soʻng “Mikrokreditbank” kuzatuv kengashi aʼzosi lavozimiga kirishadi. 

Maʼlumot uchun, 2024 yil 23 sentabrda Botir Zohidov kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri etib tayinlangan. Mazkur tayinlovga qadar ushbu lavozimda ishlagan Behzod Musayev esa tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori lavozimiga oʻtkazilgandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+