12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

11-aprel, 19:39
FinLit

Markaziy bank firibgarlik holatlaridan ogohlantirmoqda

Qayd etilishicha, Markaziy bankning Finlit loyihasi nomi ostida firibgarlik bilan shugʻullanuvchi insonlar aniqlangan.

Markaziy bank firibgarlik holatlaridan ogohlantirmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy banki fuqarolarni Finlit.uz nomi ostida sodir etilayotgan firibgarlik holatlaridan ogohlantirmoqda. Aniqlanishicha, ayrim shaxslar ushbu nomdan foydalanib, noqonuniy moliyaviy xizmatlar taklif qilmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, @finlituzb va @finlituzb_ru sahifalari – Markaziy bankning Moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti tomonidan yuritiladigan rasmiy sahifalar hisoblanadi.

Markaziy bank va Finlit.uz loyihasining asosiy maqsadi – aholining moliyaviy savodxonligini oshirishdir. Shu sababli, bu loyiha doirasida tashkil etiladigan barcha oʻquv darslari, seminar-treninglar, mahorat darslari va boshqa tadbirlar mutlaqo bepul tarzda oʻtkaziladi.

Shu bilan birga, Finlit.uz quyidagi xizmatlar bilan hech qachon shugʻullanmaydi:

  • kredit berish;
  • omonat qabul qilish;
  • toʻlovlarni amalga oshirish;
  • pullik moliyaviy maslahatlar koʻrsatish.

Agar sizda shubhali sahifalar yoki xabarlar yuzasidan savollar tugʻilsa, Finlit.uz administratoriga – @finlitteam orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+