12 948.100 so‘m

decrease

-9.040

14 696.090 so‘m

decrease

-6.380

156.930 so‘m

increase

0.370

12 948.100 so‘m

decrease

-9.040

17 soat avval
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston qayerdan qancha qarz olgan?

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonning jami davlat qarzi 40,2 milliard dollarni tashkil etmoqda. Pinkod ushbu qarzning qaysi tashkilotlardan olingani va mablagʻlar qaysi yoʻnalishlarga sarflangani bilan qiziqdi.

Oʻzbekiston qayerdan qancha qarz olgan?
Foto: AI / Pinkod.uz

Iqtisodiyot va Moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2024 yil davomida Oʻzbekistonning davlat qarzi 2023 yilga nisbatan $5,27 mlrdga oshib, $40,19 mlrdni tashkil etdi. Ushbu oʻsishning asosiy qismi tashqi qarz hisobiga toʻgʻri kelib, uning hajmi $33,72 mlrdga yetdi. Ichki qarz esa yil davomida $1,19 mlrdga ortib, $6,47 mlrdni tashkil qildi.

Oʻzbekistonning asosiy kreditorlari kimlar?

Hozirgi kunda Oʻzbekiston davlat tashqi qarzining $19,1 mlrd qismi xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilingan. Asosiy kreditorlar quyidagilar:

  • Jahon banki – $7,64 mlrd
  • Osiyo taraqqiyot banki – $7,41 mlrd
  • Osiyo infratuzilma investitsiya banki (AIIB) – $1,65 mlrd
  • Islom taraqqiyot banki – $0,9 mlrd
  • Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (IMF) – $0,7 mlrd
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) – $0,3 mlrd

Tashqi qarzning $10,44 mlrdi xorijiy hukumatlarning moliyaviy tashkilotlari orqali jalb etilgan. Jumladan:

  • Xitoy taraqqiyot banki va Eksimbank – $3,76 mlrd
  • Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) – $2,88 mlrd
  • Fransiya taraqqiyot agentligi – $977 mln
  • Koreya Eksimbanki va Koreya iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi – $740 mln
  • Germaniya davlat banki (KfW) – $415 mln
  • Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi – $139 mln
  • Ispaniya davlat banki – $66 mln
  • Boshqa manbalar – $1,45 mlrd

Qarzdorlik mablagʻlari qaysi sohalarga yoʻnaltirilgan? 

Oʻzbekiston davlat qarzining taqsimoti quyidagicha: 

  • 45% ($15,29 mlrd) — Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash
  • 17% ($5,74 mlrd) — Yoqilgʻi-energetika sanoati 
  • 9% ($2,91 mlrd) — Qishloq va suv xoʻjaligi 
  • 8% ($2,85 mlrd) — Uy-joy kommunal xoʻjaligi 
  • 8% ($2,85 mlrd) — Transport va transport infratuzilmasi 
  • 7% ($2,4 mlrd) — Sogʻliqni saqlash, taʼlim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari 
  • 2% ($841 mln) — Tadbirkorlik faoliyati va sanoat ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash 
  • 2% ($764 mlln) — Kimyo sanoati

Maʼlumot uchun, yuqoridagi raqamlar faqat davlat tomonidan olingan tashqi qarzga tegishlidir. Agar xususiy sektor jalb qilgan tashqi qarzlar ham inobatga olinsa, Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi 64,1 milliard dollarni tashkil etadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+