12 033.280 so‘m

increase

64.690

14 060.890 so‘m

increase

40.880

149.300 so‘m

increase

1.560

12 033.280 so‘m

increase

64.690

05-dekabr, 2025
Bank
365

Oʻzbekistonda muammoli kreditlar 2026 yilda eng yuqori choʻqqiga chiqadi — Fitch Ratings

Fitch Ratings prognoziga koʻra, iqtisodiy oʻsish surʼatlari yuqori boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston bank sektorida muammoli kreditlar ulushi 2026 yilda 9–10 foizgacha koʻtarilishi kutilmoqda. Bu oʻsish, asosan, davlat banklaridagi eski risklarning tan olinishi va chakana kreditlar boʻyicha toʻlov qobiliyatining pasayishi bilan bogʻliq.

Oʻzbekistonda muammoli kreditlar 2026 yilda eng yuqori choʻqqiga chiqadi — Fitch Ratings
Foto: AI / Pinkod.uz

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi prognozlariga koʻra, Oʻzbekiston bank sektori 2026 yilda barqaror moliyaviy holatini saqlab qoladi. Bunga mamlakatda kutilayotgan yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlari (2025 yilda 6,4%, 2026 yilda 6,3%) va banklarning yetarli daromad olish imkoniyatlari yordam beradi. Shu bilan birga, tizimdagi asosiy xavotir muammoli kreditlar (NPL) ulushining oshishi bilan bogʻliq.

Agentlikning bazaviy ssenariysiga koʻra, NPL ulushi kelgusi yillarda oʻsishda davom etib, 2026 yilda yalpi kreditlarning 9–10 foizigacha yetishi va soʻnggi yillardagi eng yuqori darajaga chiqishi kutilmoqda.

NPL oʻsishining asosiy omillari:

  • Eski xatarlarning tan olinishi. Davlat banklarida yillar davomida shakllangan “meros” risklar bosqichma-bosqich hisobotlarda aks ettirilmoqda.
  • Chakana kreditlashdagi bosim. Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar “pishib”, ularning haqiqiy toʻlov qobiliyatining pasayishi ehtimolini oshirmoqda.

Fitch tahlilchilarining qayd etishicha, davlat banklarida yirik hajmdagi kreditlarning hisobdan chiqarilishi (write-offs) va Oʻzbekiston Markaziy bankining chakana kreditlash (ayniqsa garovsiz isteʼmol kreditlari) boʻyicha cheklovchi siyosati kredit portfeli oʻsishini jilovlab turadi. Shunga qaramay, kreditlashning umumiy oʻsish surʼati 15% atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Maʼlumot uchun, 2025 yil 1 noyabr holatiga koʻra, bank tizimidagi muammoli kreditlar hajmi 22,37 trln soʻmni tashkil etib, bir oy davomida 1,1 trln soʻmga oshgan. Umumiy kredit portfeliga nisbatan NPL ulushi esa 3,8 foizni tashkil qilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+