12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

18-mart, 19:35
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxi ketma-ket tushishda davom etmoqda

Eng koʻp narx tushishi mahalliy ommabop avtomobillar va elektromobillar bozorida kuzatilgan.

Oʻzbekistonda ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxi ketma-ket tushishda davom etmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan 2025 yil fevral oyida ikkilamchi avtomobil bozorining holati oʻrganildi.

Tahlillar shuni koʻrsatdiki, umumiy tendensiya narxlarning pasayishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, mahalliy ommabop avtomobillarning aksariyatida sezilarli tushish kuzatilgan.

Mahalliy ommabop avtomobillar

Fevral oyida mahalliy avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi narxlari pasayishda davom etdi.

  • Onix: oʻrtacha foydalanilgan avtomobillar narxi 3%ga pasayib, $13 500 dan $13 100 ga tushdi. Kam foydalanilganlari esa deyarli oʻzgarishsiz, 0,1%ga arzonlashib, $14 865 dan $14 850 ga tushdi.
  • Lacetti: koʻp foydalanilgan variantining narxi 0,3%ga pasayib, $13 500 dan $13 461 ga tushdi.
  • Cobalt: oʻrtacha foydalanilgan avtomobillarning narxi 2,4%ga pasayib, $12 300 dan $12 000 ga tushdi. Kam foydalanilganlari 1,2%ga arzonlashib, $12 750 dan $12 600 ga tushdi. Koʻp foydalanilgan variantlari esa 0,5%ga kamaydi ($11 600 → $11 538).
  • Nexia: oʻrtacha foydalanilgan modellarning narxi 1,9%ga pasayib, $11 500 dan $11 284 ga tushdi. Koʻp foydalanilganlari esa 0,9%ga tushib, $10 800 dan $10 700 ga kamaydi.
  • Spark: oʻrtacha foydalanilgan avtomobillarning narxi 1%ga tushib, $10 500 dan $10 400 ga yetdi. Koʻp foydalanilganlari esa 0,9%ga pasayib, $9 600 dan $9 500 ga tushdi.
  • Damas: oʻrtacha foydalanilgan versiyalari sezilarli darajada, 3,6%ga pasayib, $7 985 dan $7 000 ga tushdi. Kam foydalanilganlar esa atigi 0,8%ga arzonlashib, $8 061 dan $8 000 ga tushdi.

Mahalliy lyuks avtomobillar

Mahalliy lyuks avtomobillar bozorida farqli oʻzgarishlar kuzatildi. Baʼzi modellar arzonlashgan boʻlsa, ayrimlari narxini oshirdi:

  • Equinox: koʻp foydalanilganlari 1,1%ga arzonlashib, $27 300 dan $27 000 ga tushdi. Shu bilan birga, oʻrtacha foydalanilgan variantlari narxi aksincha, 3,2%ga oshib, $31 000 dan $32 000 ga yetdi.
  • Malibu: kam foydalanilgan avtomobillarning narxi 0,7%ga pasayib, $31 907 dan $31 682 ga tushdi. Oʻrtacha foydalanilganlari esa deyarli oʻzgarishsiz qolib, $29 000 dan $29 070 ga koʻtarildi.
  • Tracker: faqat koʻp foydalanilgan variantlarining narxi 1,1%ga pasayib, $16 984 dan $16 800 ga tushdi. Kam va oʻrtacha foydalanilganlar narxida oʻzgarish boʻlmadi.

 Elektromobillar

Mazkur davrda BYD E2 narx jihatidan mahalliy ommabop avtomobillarga jiddiy raqobatchiga aylangan boʻlsa, yangi BYD Song Plus avtomobillari narxlari sezilarli arzonladi. 

  • BYD E2: yangi avtomobillarning narxi 1,8%ga pasayib, $16 800 dan $16 500 ga tushdi. Koʻp foydalanilganlari esa 2%ga arzonlashib, $14 800 dan $14 500 ga tushdi.
  • BYD Han: yangi avtomobillarning narxi biroz, 0,5%ga tushib, $32 150 dan $32 000 ga tushdi. Oʻrtacha foydalanilganlari esa 4,4%ga arzonlashib, $36 500 dan $34 900 ga tushdi.
  • BYD Song Plus DM-i Champion: yangi versiyalari 1,7%ga tushib, $29 000 dan $28 500 ga tushdi. Oʻrtacha foydalanilganlari 0,2%ga tushib, $27 050 dan $27 000 ga yetdi. Koʻp foydalanilganlari esa 0,6%ga kamayib, $24 650 dan $24 500 ga tushdi.
  • BYD Song Plus EV Champion: yangi avtomobillar narxi 1,1%ga pasayib, $28 000 dan $27 700 ga tushdi.
  • BYD Yuan Up: yangi avtomobillar 1,4%ga arzonlashib, $20 800 dan $20 514 ga tushdi.

Xorijiy avtomobillar

Xorijiy avtomobillar segmentida ham narxlarda pasayish kuzatildi. Ayniqsa, Kia brendining ayrim modellarida sezilarli oʻzgarishlar boʻldi:

  • Kia Sorento: oʻrtacha foydalanilganlari 1,3%ga pasayib, $40 000 dan $39 500 ga tushdi. Koʻp foydalanilgan modellari esa aksincha, 1,3%ga oshib, $40 000 dan $39 500 ga yetdi.
  • Kia Sportage: oʻrtacha foydalanilgan modellari 2,3%ga arzonlashib, $31 590 dan $30 850 ga tushdi. Koʻp foydalanilganlari esa 4,6%ga tushib, $29 733 dan $28 363 ga tushdi.
  • Kia K5: oʻrtacha foydalanilgan modellari 1,3%ga pasayib, $27 549 dan $27 200 ga tushdi. Koʻp foydalanilgan modellari esa 1,9%ga arzonlashib, $26 500 dan $26 000 ga tushdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+