Inflyatsiya haqidagi asosiy tushunchalar
Misol uchun, nega hozir 5 yil oldingidan koʻproq pul topasiz-u, biroq hanuzgacha mashina sotib ololganingiz yoʻq? Bu savolning javobi inflyatsiyaga borib taqaladi.
Inflyatsiya — bu tovar va xizmatlar umumiy narx darajasining vaqt oʻtishi bilan oʻsishi. Bu iqtisodiyotdagi pul qiymatining pasayishini anglatadi. Inflyatsiya milliy valyutaning xarid qobiliyatini kamaytirib, kundalik hayotda sezilarli taʼsir koʻrsatadi.
Ana endi tasavvur qiling, 5 yil avval oylik maoshingiz 5 million soʻm boʻlib, mashina narxi 50 million soʻm edi. Bugungi kunda oylik 7 million soʻmga oshdi, biroq hozirda mashina narxi 100 million soʻm. Shunday qilib, maoshingiz oshgan boʻlsa ham, mashina xarid qilish imkoniyati kamaydi.
Inflatsiya turlari
Inflyatsiyaning quyidagi 3 turi mavjud:
Inflyatsiya turi | Tavsifi |
Moʻtadil inflyatsiya | Yillik inflyatsiya darajasi 2-3% atrofida boʻlib, iqtisodiyot uchun foydali hisoblanadi. |
Oʻrta inflyatsiya | Yillik darajasi 10% dan yuqori boʻlsa, iqtisodiyot uchun xavfli boʻlishi mumkin. |
Giperinflyatsiya
| Narxlar kun sain oshadi, iqtisodiyot izdan chiqadi. Bu tarixda Germaniya va Zimbabve kabi mamlakatlarda kuzatilgan. |
Inflyatsiya har doim zararli boʻlmaydi. Moʻʼtadil inflatsiya iqtisodiy oʻsishga turtki beradi, ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi va ish oʻrinlarini yaratilishiga sabab boʻlatdi. Moʻʼtadil inflyatsiya rivojlangan davlatlarda 2-3 foiz atrofida boʻlib, 2-6 foiz rivojlanayotgan davlatlar uchun normal holat hisoblanadi
Inflyatsiyaning sabablari
Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablari odatda 3 xil boʻladi
Sabablar | Tavsifi |
Talab inflyatsiyasi | Tovar va xizmatlarga talab ortib, taklif yetarli boʻlmasa, narxlar oshadi. |
Taklif inflyatsiyasi | Ishlab chiqarish xarajatlarining oʻsishi (masalan, xomashyo yoki energiya narxining oshishi) narxlarni koʻtaradi. |
Pul massasi oʻsishi | Markaziy banklar iqtisodiyotni ragʻbatlantirish uchun koʻp miqdorda pul chiqarishi inflyatsiyaga olib kelishi mumkin. |