Bitcoin narxi $100 000 dan yuqoriga chiqdi
Shu bilan birga, Bitcoinning umumiy kriptovalyuta bozoridagi ulushi soʻnggi bir yil ichida izchil tarzda oshib bormoqda. Jumladan, hozirgi narx oʻsishi fonida Bitcoin’ning bozordagi ustunligi 60 foizga yetdi.

Bitcoin narxi $100 000 dan yuqoriga chiqdi. Bu soʻnggi uch oy ichida Bitcoin’ning ilk marotaba bunday chegarani bosib oʻtishi boʻldi.
Maʼlumot uchun, yetakchi kriptovalyuta narxi fevral oyida $75 000 gacha tushib ketgan edi.
Mutaxassislar fikriga koʻra, Bitcoin narxining yana oʻsish yoʻliga qaytishiga AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp tomonidan olib borilayotgan proteksionistik savdo siyosatdagi yumshovlar asosiy omil boʻlgan.
Jumladan, ayrim tahlilchilar soʻnggi narx koʻtarilishini AQSh va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi ehtimoliy savdo bitimi bilan bogʻlamoqda. Bundan tashqari, obligatsiyalar daromaddorligining pasayishi hamda AQSh dollarining qadrsizlanishi kabi omillar ham bu oʻsishga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.
Shu bilan birga, Bitcoin’ning umumiy kriptovalyuta bozoridagi ulushi soʻnggi bir yil ichida izchil tarzda oshib bormoqda. 2024 yil dekabrida Bitcoin ilk bor 100 000 dollarlik marrani zabt etganida, uning bozor ulushi 52 foizni tashkil etgan edi. 2025 yil yanvar oyiga kelib bu koʻrsatkich 54 foizgacha koʻtarildi. Hozirgi narx oʻsishi fonida esa Bitcoin’ning bozordagi ustunligi 60 foizga yetdi.

Ayni vaqtda Bitcoin $103 791 dan savdo qilinmoqda.