12 895.550 so‘m

increase

15.200

14 338.560 so‘m

decrease

-196.910

159.380 so‘m

increase

2.700

12 895.550 so‘m

increase

15.200

6 kun avval
Bank

TBC Bank sof foydasi birinchi chorakda 60 foizga kamaydi

Barcha xarajatlar chegirib tashlangandan soʻng, TBC Bank birinchi chorakni 31,9 milliard soʻm sof foyda bilan yakunladi. Bu natija oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 60 foizga kamdir.

TBC Bank sof foydasi birinchi chorakda 60 foizga kamaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

TBC Bank birinchi chorak yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotini ochiqladi.

Bank hisobotiga koʻra, jami aktivlari 11,8 trillion soʻmni tashkil qilmoqda. Ushbu koʻrsatkich hisobot davri boshidan buyon 2,1 trillion soʻmga yoki 21,6 foizga koʻpaygan.

Hisobot davrida bank majburiyatlari ham oshdi. Xususan, jami majburiyatlar 28,7 foizga oʻsib, 9,3 trillion soʻmni tashkil etdi.

TBC Bank hisobot davrida 940,3 milliard soʻmlik foizli daromad oldi. Shu bilan birga, bankning sof foizli daromadi 222,7 milliard soʻmni tashkil etdi. Foizsiz daromadlar esa 218,5 milliard soʻmga yetdi.

Bank birinchi chorak davomida xodimlar ish haqi va boshqa xarajatlarga jami 101,4 milliard soʻm mablagʻ sarfladi. Bundan tashqari, bank tomonidan toʻlangan daromad soligʻi miqdori 45 milliard soʻmni tashkil etdi.

Barcha xarajatlar chegirib tashlangandan soʻng, TBC Bank birinchi chorakni 31,9 milliard soʻm sof foyda bilan yakunladi. Bu natija oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 47,8 milliard soʻmga yoki qariyb 60 foizga kamdir.


Shuningdek, 1 aprel holatiga koʻra, bankning jami kredit portfeli 9,2 trillion soʻmni tashkil qilmoqda. Kredit portfelining 3,3 foizi yoki 304 milliard soʻmi muammoli kreditlar toifasiga kiradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+