12 895.550 so‘m

increase

15.200

14 338.560 so‘m

decrease

-196.910

159.380 so‘m

increase

2.700

12 895.550 so‘m

increase

15.200

1 kun avval
Bank

Mikrokreditbank birinchi chorakdagi sof foydasi 277 foizga oʻsdi

Bank yanvar-mart oylarida 24 milliard soʻm sof foyda qayd etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 277,1 foizga oshgan.

Mikrokreditbank birinchi chorakdagi sof foydasi 277 foizga oʻsdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Mikrokreditbank 2025-yilning yanvar-mart oylariga oid moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, bank chorak yakunida 24 milliard soʻm sof foyda qayd etdi.

Bankning jami aktivlari hozirda 26,2 trillion soʻmni tashkil qilmoqda. Bu koʻrsatkich yil boshiga nisbatan qariyb 2,7 trillion soʻmga oshgan. Bank majburiyatlari ham 2,6 trillion soʻmga koʻpayib, 22,6 trillion soʻmga yetdi.

Moliyaviy natijalarga koʻra, Mikrokreditbank ushbu davrda 1,1 trillion soʻmlik foizli daromad olgan. Sof foizli daromad esa 312,6 milliard soʻmni tashkil etdi. Foizsiz daromadlar miqdori esa 129,8 milliard soʻmni tashkil qilgan.

Operativ xarajatlardan avval bankning sof daromadi 361 milliard soʻmni tashkil etdi. Xodimlarga toʻlangan oylik maosh uchun 126,4 milliard soʻm sarflangan. Shuningdek, bank davlat byudjetiga 1,5 milliard soʻm miqdorida daromad soligʻi toʻlagan.

Barcha xarajatlar chegirilgach, Mikrokreditbank 24 milliard soʻm sof foyda qayd etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davridagi 6,4 milliard soʻmlik foydaga nisbatan 277,1 foizga oshgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+