12 895.550 so‘m

increase

15.200

14 338.560 so‘m

decrease

-196.910

159.380 so‘m

increase

2.700

12 895.550 so‘m

increase

15.200

4 kun avval
Bozor

Oʻzbekiston xalqaro oltin-valyuta zaxiralari $50 mlrdga yaqinlashdi

Zaxiralar tarkibidagi oltinning umumiy qiymati $772,6 mlnga oshib, $37,65 mlrdga yetdi. 

 

Shunga qaramay, oltinning fizik hajmi pasayishda davom etmoqda — aprel oyida 11,82 mln troya unsiyadan 11,46 mln troya unsiyagacha kamaydi.

Oʻzbekiston xalqaro oltin-valyuta zaxiralari $50 mlrdga yaqinlashdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonning xalqaro oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan navbatdagi hisobotda maʼlum qilindi.

2025 yil 1 may holatiga koʻra, mamlakatning umumiy zaxiralari $49,25 mlrdni tashkil etgan boʻlib, bu oʻtgan oyga nisbatan 1,4 milliard dollarga koʻproqdir.

Koʻrsatkichlar1 yanvar 20251 aprel 20251 may 2025
Rasmiy zaxira aktivlari (mlrd $)41,247,949,2
Oltin (mlrd $)32,0336,8837,65
Sof hajmi (mln troya unsiya)12,311,811,4
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (mlrd $)8,610,4111,03

Izoh: koʻrsatkichlar yaxlitlangan.

Zaxiralar tarkibidagi oltinning umumiy qiymati $772,6 mlnga oshib, $37,65 mlrdga yetdi. Shunga qaramay, oltinning fizik hajmi pasayishda davom etmoqda — aprel oyida 11,82 mln troya unsiyadan 11,46 mln troya unsiyagacha kamaydi. Bu holat, asosan, oltin eksporti hajmining oshishi bilan izohlanadi.

Valyuta zaxiralari ham oʻsishda davom etmoqda. Aprel oyida ular qariyb $0,6 mlrdga ortib, 11,03 milliard dollarga yetdi.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar hajmi aprel oyida keskin — 3,5 baravar oshib, $703,9 mlnni tashkil etdi.

Avvalroq, Jahon oltin kengashi Oʻzbekiston 2025 yilning birinchi choragida dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi boʻlganini maʼlum qilgandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+